Dilnavoz Yusupova


partiyasi markazqo‗mi 1923-yil 12-iyundagi o‗zining maxsus majlisida «Buxoro


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot


partiyasi markazqo‗mi 1923-yil 12-iyundagi o‗zining maxsus majlisida «Buxoro 
masalasi»ni muhokama qiladi. Mazkur majlisda «Buxoro hukumati nomi ostida ish 
ko‗rayotganlarning xalq va sovet hukumatiga hech bir aloqadorligi yo‗q» ekani, «bu yerda 
hokimiyatga boylar, savdogarlar tortilgani, birorta ham dehqon yo‗qligi» qattiq tanqid 
qilinadi. Oradan 11 kun o‗tgach – 23-iyunda Buxoroda bo‗lgan kommunistlar plenumida 
Buxoro hukumatining besh a‘zosi partiyadan o‗chirilib, ishdan haydaladilar. Ular orasida 
Xalq xo‗jaligi kengashi raisining o‗rinbosari Abdurauf Fitrat ham bor edi.
Fayzulla Xo‗jayevning ko‗magi bilan adib Moskvaga ketadi va 1923 – 1924-yillarda 
Sharq tillari institutida mehnat qiladi. Shuningdek, hozirgi Sankt-Peterburg 
universitetining sharq fakultetida sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma‘ruzalar 
o‗qiydi, professorlik unvoniga ega bo‗ladi.
Adib O‗zbekistonga 1927-yili qaytib keladi. Samarqandda tashkil etilgan Oliy 
pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ishlay boshlaydi.
30-yillardan e‘tiboran avj olib ketgan siyosiy ta‘qib – terror muhitida vaqtli 
matbuotda, ketma-ket uyushtirilgan turli majlislarda Fitrat «millatchi», «turkparast», 
«islomparast», hatto «g‗arbning josusi» sifatida qoralandi, unga kurakda turmaydigan 
ayblovlar taqaldi.
Fitrat 1937-yilning 24-aprelida qamoqqa olindi va «xalq dushmani» sifatida 
ayblanib, 1938-yilning 4-oktyabrida Toshkentda otib o‗ldirildi.


319 
Istiqloldan keyin fitratshunos olimlar H.Boltaboyev, B.Qosimov, I.G‗aniyev, 
B.Ergashev va boshqalar adib hayoti, ijodi to‗g‗risida o‗nlab yangi tadqiqotlarni e‘lon 
qildilar.
«Ma‘naviyat» nashriyoti tomonidan 2000-yili Fitratning 2 jildlik «Tanlangan 
asarlar»i chop etildi.
Abdurauf Fitratga O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Alisher Navoiy 
nomidagi Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling