Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 


381 
I. She’rlari

«Tong lavhasi» 

«Kamtarlik haqida» 

«Buloq» 

«Sevgi» 

«Ona tuproq» 

«Yoshligim»

«Barcha shodlik senga bo‗lsin» 

«Vatan istagi» 

«Sirdaryo o‗lani»

«Arslon o‗ynatuvchi»

«Kechir, yo rab!»

«Tush»

«Yuragingda makon tutgan qul» 

«Donishqishloq latifalari» (turkum) 
II. She’riy to‘plamlari 

«Tong nafasi» (ilk to‗plam, 1961) 

«Yoshlik devoni» (1969)

«Yaxshidir achchiq haqiqat» 
To‘rt jildlik saylanma: 

«Ishq savdosi»

«She‘r dunyosi» 

«Umr daryosi» 

«Ko‗ngil nidosi» 
III. Dostonlari 

«Nido»

«Orzu chashmasi» 

«Palatkada yozilgan doston» 

«Quyosh maskani» 


382 

«Ruhlar isyoni» 
IV. Pyesalari 

«Oltin devor»

«Istanbul fojiasi»
V. Publitsistikasi 

«Shoir-u she‘r-u shuur» 
VI. Tarjimalari 

Gyote: «Faust»(1974) 

Sergey Yesenin: «Fors taronalari» 

Rasul Hamzatov: «Mening Dog‗istonim» 

A.Blok 

L. Ukrainka 

M.Svetlov 

A.Tvardovskiy 
She’rlaridan namunalar 
 

Yaxshidir achchiq haqiqat, 
Lek shirin yolg‘on yomon, 
Ul shirin yolg‘onga mendek 
Aldanib qolg‘on yomon. 
 

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, 
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. 
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, 
Qora sochning malla bo‘lgani shudir. 

O‘lmas edi, balki, odamzod, 
Bo‘lar edi dunyoga ustun, 


383 
Aqli bo‘lsa jahlidan ziyod, 
Sabri bo‘lsa nafsidan ustun. 

Nega yapon yuz yil yashar-u, 
O‘zbek buncha yoshga bormaydi? 
Chunki yapon bizdek qorong‘u 
Sahar turib oshga bormaydi. 
Abdulla Oripov 
(1941-yili tug‘ilgan) 
Hayotiga doir muhim ma’umotlar 
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining 
Neko‗z qishlog‗ida tug‗ilgan. Otasi Orif bobo, onasi Turdi Karvon qizi.
Abdulla Oripov 1958-yili o‗rta maktabni oltin medal bilan bitirib Toshkentga keladi 
va SAGU (hozirgi O‗zMU)ning filologiya fakultetiga o‗qishga kiradi.
1963-yili ushbu fakultetning jurnalistika bo‗limini tamomlaydi va Toshkentdagi 
«Yosh gvardiya» nashriyotiga muharrir bo‗lib ishga kiradi.
Bu yerda to‗rt yil ishlagach 1967 – 1974-yillarda G‗afur G‗ulom nomidagi 
nashriyotda muharrir, katta muharrir bo‗lib xizmat qiladi.
1974 – 1976-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida bo‗lim boshlig‗i sifatida faoliyat 
yuritdi.
1976 – 1982-yillar orasida O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasining adabiy 
maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik 
qildi.
1982 – 1983-yillarda O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat 
bo‗limida mas‘ul kotib bo‗lib faoliyat ko‗rsatdi.
1983-yili shoir bolalar va o‗smirlar jurnali «Gulxan»ning bosh muharriri bo‗ldi va u 
yerda 1985-yilgacha, ya‘ni O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga 
o‗tguncha ishladi.


384 
Abdulla Oripov 1983-yili Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‗ldi. Shu 
yili unga «O‗zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan A.Oripov 1988-yili O‗zbekiston 
Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo‗mitasi raisi vazifasiga o‗tkazildi.
1994-yili Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko‗rildi.
1998-yili esa shoir «O‗zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.
1996-yilning mart oyidan 2005-yilgacha O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasining 
raisi vazifada faoliyat yuritdi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling