Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
I. Qissalari 

«Omonboy va Davronboy sarguzashti» (1974) 

«Qiz talashgan o‗smirlar» 
II. Romanlari 

«Sariq devni minib» (1968, roman 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik bolalar 
yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo‗lgan) 

«Sariq devning o‗limi» (1973) 

«Besh bolalik yigitcha» (1976) 

«Qasoskorning oltin boshi» (1981) 

«Yillar va yo‗llar» (1983) 

«Shirin qovunlar mamlakati» (1986) 


377 

«Mungli ko‗zlar» (1988) 

«Jannati odamlar» (1996) 
«Sariq devni minib». Asar syujeti. Mazkur asar sarguzasht roman sanaladi. Jahon 
adabiyotida ushbu tipdagi Daniel Defoning «Robinzon Kruzo», Jonatan Sviftning 
«Gulliverning sayohatlari», Jyul Vernning «O‗n besh yoshli kapitan» romanlari 
mavjud. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning Axriman dev bilan 
jangi va Yosuman bilan bog‗liq voqealarda sarguzasht unsurlari mavjud. Asar 
qahramoni – Hoshimjon, voqealar uning tilidan hikoya qilinadi. Hoshimjon ayb ish 
qilib uyidan qochib chiqadi va qo‗shnisidan ikkita nonni oyim so‗rayapti deb qarz 
olib buvisi aytgan sehrli qalpoqni izlaydi. Sehrli qalpoqchani u qishloq chetidagi 
tashlandiq uydan topadi va kiyib uyiga keladi. Uyda uni hech kim ko‗rmaydi va osh 
yeydi, hiqichoq tutadi, so‗ng qalpoqni yechib onasiga xolodilnikning ichida edim 
deydi, oyisi qo‗rqib ketib choy beradi, yotqizib qo‗yadi. Qishloqda Hoshimjonning 
xolasi Soraxon folbinlik qilardi, odamlar uni Xudo bilan gaplashadi deyishadi. 
Hoshimjon buni tekshirishga qaror qiladi va buning hammasi uydirma ekanini
aslida, folbinning o‗g‗li Mirobiddinxo‗ja orqali turli xil ovozlar chiqarib odamlarni 
aldashlari oydinlashadi. Hoshimjon Mirobiddinxo‗jani jazolaydi. Hoshimjon 
shundan so‗ng g‗irrom yo‗lga o‗tib o‗qituvchilarning konspektini ko‗chirib besh ola 
boshlaydi. Eng yaqin do‗sti Qosimjon va o‗ziga baho chiqarib yuboradi. 
O‗qituvchilar buni surishtirgach, ayb Qosimjonga tushganini ko‗rib Hoshimjon 
aybini tan oladi va o‗qituvchilari o‗qimasdan hech narsaga erisholmaysan deyishsa 
ham o‗qimasdan katta odam bo‗laman deb qishloqdan ketib qoladi. Aylanib 
Krupskaya nomli maktab-internatga borib qoladi. U yerda Hayitvoy degan bola 
bilan tanishib qoladi, maktabning tikuv xonasidan ikkita qalpoqqa havasi ketib oladi 
va bir amallab qochib qutuladi. Hoshimjon Mirzacho‗ldagi sovxozga agronom 
bo‗lib joylashadi. Bilimsizligi uchun shira tushgan hasharotlarni kaltaklashga 
buyuradi va bu yerdan ham quviladi...
Xulosa: bilimsizlik bilan hech narsaga erishib bo‗lmaydi, hatto sehrli qalpoqcha 
yordam bergan taqdirda ham.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling