392
hukumati changalidan qutulolmaydi. 1940-yil o‗rtalarida
qamoqqa olingan Fayzulla
Xolmirza o‗g‗li sovug‗i qahrli Magadan o‗rmonlarida og‗ir mehnatdan sillasi qurib 1944-
yili vafot etadi. Bo‗lajak yozuvchining onasi ham ishchan va o‗ziga yarasha ma‘lumotli
ayol edi. Shu bois u uzoq yillar tuman miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab keldi.
Shukur Xolmirzayev Boysundagi o‗rta maktabni tugatgach 1958-yili Toshkent davlat
universiteti (hozirgi O‗zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o‗qishga
kirdi va uni 1962-yili bitirdi. So‗ng «Yosh gvardiya»
nashriyotida muharrir, «Guliston»,
«Sharq yulduzi» jurnallarida bo‗lim mudiri, ma‘lum muddat
Muqimiy nomidagi teatrda
adabiy emakdosh bo‗lib faoliyat ko‗rsatdi.
1991-yili adibga «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berildi.
Shukur Xolmirzayev og‗ir kasallikdan so‗ng 2005-yilning 29-sentyabrida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: