Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ikkinchidan, mustaqil o‗zbek davlati badiiy adabiyotni sho‗ro zamonida bo‗lgani kabi 
o‗z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga obyektiv sharoit 
yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko‗ngil ishiga aylandi va aylanmoqda.
Bugun badiiy ijod bilan shug‗ullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham 
tamomila o‗ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o‗z 
ko‗ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug‗um o‗tkazmaydigan kishilar 
tomonidan yaratilayotgani quvonarlidir. Adabiy tanqid, o‗quvchilar ommasi nima desa 
ham bu ijodkorlar o‗z bilganlaricha yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini o‗zlariga emas, 
aksincha, o‗zlarini ijodiga bo‗ysundirgan kishilardir. Shu yo‗sinda juda yaqin o‗tmishda 
ham ijtimoiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan badiiy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi.  
Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi
mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining 
mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga daxldor jihatlar: ruhiyati, hissiyoti, 
ko‗nglini tasvirlashga kirishdi. Bu adabiyot uchun insonning o‗zi asosiy qadriyatga aylana 
boshladi. Shu tariqa milliy adabiyotning qahramonlari jug‗rofiyasi kengaydi. Odam biror 
ijtimoiy qatlamning vakili tarzida emas, murakkab va anglash mushkul inson sifatida 
badiiy tadqiq etiladigan bo‗ldi.
To‘rtinchidan, mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini 
ko‗rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining 
ma‘naviyatini mukammallashtirishga yo‗naltirildi. Bu hol badiiy qahramonlarni turli 
rakurslardan turib eng ichkin va yashirin jihatlarigacha tadqiq etish imkoniyatini berdi. 
Shu sababdan ham istiqlol davri adabiyoti «aholisi» sezilarli darajada nozik, ingichka


403 
o‗ziga xos, betakror bo‗lib bormoqda. Bu davr adabiyotida tipik obrazlarni emas, badiiy 
tiplarni tasvirlashga ko‗proq intilinayotganining sababi ham shunda. Shu yo‗sin bu davr 
adabiyoti ommani ko‗rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‗naltirildi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling