Dilnavoz Yusupova
«Shohnoma» tasvir manbasiga ko‘ra uch qismga bo‘linadi
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
«Shohnoma» tasvir manbasiga ko‘ra uch qismga bo‘linadi:
1. Qayta ishlangan eng qadimiy afsonalar bayoni. 2. Xalq qahramonlari haqidagi afsona, rivoyat va qissalarning badiiy talqini. 3. Tarixiy shohlar hayotidan olingan voqea-hodisalar asosidagi qissalar. VI. «Shohnoma»ning bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari 418 Asarda shohlar hayotini yoritish vositasida xalq hayoti, tarixi, tiynati (mentaliteti), orzu-maqsadlari, armon va o‗kinchlari aks etgan. Bu yirik asarning bosh g‗oyasi, asosiy g‗oyalari va boshqa g‗oyalari mavjud. Har bir qissa yo hikoyada, rivoyat yo voqea tasvirida, kattadir-kichikdir, bir muayyan g‗oya ilgari surilgan. Biroq shu bo‗laklardan yig‗ilib keladigan bir bosh g‗oya ham bor. Ya‘ni barcha qism va bo‗laklar birgalikda amalda ana shu yetakchi g‗oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan. Bosh g‗oya – vatanni ulug‗lash, xalq qudrati va salohiyatini ko‗z-ko‗z qilish, elning yetuk farzandlari qadrini ko‗tarish, shu tariqa o‗quvchiga kuchli vatanparvarlik hissini singdirish. «Shohnoma»ning bir xususiyati shuki, u forsiyzabon xalqning islomdan oldingi davri hayotini qalamga oladi. Ma‘lumotlarga qaraganda, Firdavsiy ko‗plab she‘rlar yozgan, «Yusuf va Zulayxo» dostoni ham bo‗lgan. Biroq ulardan birortasi bizgacha yetib kelmagani uchun bir narsa deyish qiyin. V. «Shohnoma» va o‘zbek adabiyoti: tarjima va ta’sir «Shohnoma» forsiy tilda bitilgan bo‗lsa ham, Eron va Turon xalqlari uchun mushtarak badiiy meros hisoblanadi. Birinchidan, unda ana shu ikki ko‗hna zamin xalqi tarixiga oid voqea-hodisalar qalamga olingan. Ikkinchidan, mana o‗n bir asrdirki, u shu yurtlarda asliyatda o‗qiladi. Uchinchidan, bu yirik milliy badiiy yodnoma yaratilgan davrdan buyon o‗zbek adabiyotini qiziqtirib keladi. Oradan bir asr ham o‗tar-o‗tmay turkiy tilda «Qutadg‗u bilig» yaratilib, muallifning o‗zi tomonidan eronliklar uni «Shohnomayi turkiy» deyishi qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. Bu asardan qismlar XVIII asrda Shoh Hijron, Homushiy, XIX asrda Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy, XX asrda Shoislom Shomuhamedov, Hamid G‗ulom, Nazarmat, Jumaniyoz Jabborovlar tomonidan o‗zbekchaga tarjima qilindi. Keyingi tarjima uch jildda 1975-, 1976-, 1977-yillari chop etildi. Lekin hali asar to‗lig‗icha tilimizga o‗girilmagan. Forsiy-turkiy dostonchilik, xususan, xamsanavislikni Firdavsiy ta‘siridan xoli holda tasavvur qilish mumkin emas. Bu jihatdan, ayniqsa, «Xamsa»ning Iskandar Maqduniy 419 hayoti asosida bitiladigan beshinchi dostoni tamoman «Shohnoma» vazni va yo‗nalishida ekani bilan ajralib turadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling