Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

 
«Bo‘ston»dan parchalar 

Hikoyat:
Bir kuni shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho 
liboslarga burkangan kazo-kazolar, «o‗tsinlar-o‗tsinlar» bilan to‗rdan joy oladilar. 
Poygakda eski to‗n kiygan bir darvesh qisinibgina o‗tirardi. Suhbat boshlanadi. Shariat va 
tariqatdan fiqh-u hadislarga o‗tadilar. Bahs, muhokama, munozara avj oladi. Bir masala 
ustida qattiq talashib qoladilar. O‗tirganlar baqir-chaqir qilishar, lekin hech biri ishonchli 
bir dalil bilan isbotlab bera olmasdi. Shunda o‗sha eski to‗n kiygan darvesh so‗z olib, 
masalani burro til, oydin dalil bilan isbot qilib beradi. Hamma hang-u mang bo‗lib qoladi. 
Qozi o‗rnidan turib salla-to‗nini darveshga in‘om etib, to‗rga taklif qiladi. Darvesh to‗nni 
ham, to‗rni ham rad etadi. Gap insonning salla-to‗nida emas, ilm-u donishda, agar 
kiyimda bo‗lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‗qim urilgan eshak eng e‘tiborli bo‗lardi deb 
qozi uyini tark etadi. O‗sha darvesh Sa‘diy Sheroziyning o‗zi edi. 

Ayb qidirmaslik haqida 
Birov ilmdon-u bo‘lsa tadbirkor,
Nogoh toyib ketsa oyog‘i yakbor.
Kichik bir xatoga gapirma qo‘pol,
Ulug‘lar demishlar: «Yaxshilikni ol!» 
Birga o‘sadi-ku tikan birla gul, 
Ey odil, tikanmas, gulni dasta qil. 
Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas, 
Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas. 

Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i 


421 
Yoshlik davronimdan esimda qolgan:
Hayitda chiqardim men otam bilan.
O‘yinga berilib yugurdim, shoshdim,
Otamdan olomon ichra adashdim.
Baqirdim, ovozim har yoqni buzdi,
Otam yetib kelib qulog‘im cho‘zdi. 
Bilmaysan yosh bola bo‘lgandan keyin –
Tanho yo‘l yurmoqlik dunyoda qiyin… 
 

Hikoyat 
Eshitdim, adolatli bir podsho
Kiyarkan astar-u avra bo‘z qabo. 
Biri debdi: «Shohim, to‘ning juda jo‘n,
Xitoyi shohidan tiktir yaxshi to‘n!» 
Debdi: «G‘azna tanho meniki emas. 
Qo‘shunlar haqidir boylig-u gavhar…»
 

Hikoyat 
Bir itga duch keldi birov sahroda,
Tashnalikdan yotar jonsiz aftoda. 
Dastorin arqondek quduqqa soldi,
Uchiga qalpog‘in boylab suv oldi. 
Xizmatga belini mahkam bog‘lab u
Majolsiz kuchukka qo‘ldan berdi suv. 
Uning bu ishidan topibon xabar
Qozidan gunohin so‘rar payg‘ambar. 
 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling