Sa’diy Sheroziy
(1189 – 1292)
Shayx Muslihiddin Sa‘diy Sheroziyning tug‗ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203,
1210) ko‗rsatadilar. 1292-yili vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko‗prog‗i sayohatda
o‗tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan.
Sharq-u G‗arbda – fransuz Volter, nemis Gyote o‗z asarlarida uning umuminsoniy
g‗oyalar mujassam bo‗lgan she‘rlariga murojaat qiladilar.
«Bo‗ston» (1257-yili yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlari butun dunyoga
mashhur.
«Guliston»dan parchalar
Daryo ko‘rmagan qul hikoyati
Hikoyaning syujeti:
Bir podshoh bir ajamiy quli bilan kemaga minadi. Qul umrida daryoni ko‗rmagan edi va
kemaning haybat va mashaqqatini bilmas edi. Qo‗rqqanidan yig‗lab o‗zini har tomonga ura
boshlaydi. Har qancha tinchitishga urinsalar ham, aslo orom topmaydi. Bundan podshoh juda
xijolat chekadi. Kema ichida bir donishmand hakim bor edi. U podshohga shunday deydi:
«Agar ruxsat bersangiz, men bu qulni tinchitishning ilojini topar edim». Podshoh ruxsat beradi.
Donishmand qulni sochidan tutib daryoga tashlashni buyuradi. Uch marta suvga
sho‗ng‗itganlaridan so‗ng tortib kemaning yaqiniga olib keladilar. Qul jon talvasasida ikki qo‗li
bilan kemadagi kishilarning qo‗liga yopishib, o‗zini kema ichiga olib, bir burchakda o‗tirib orom
topadi. Podshoh bu holdan ajablanib so‗raydi: «Bu ishda ne hikmat bor edi?» Donishmand
deydi: «Qul avvallari daryoda g‗arq bo‗lish nima ekanligini bilmas edi, shu sababdan kema
ichidagi tinchlikning qadriga yetmadi, zero, odamlar salomatlik va xotirjamlikning qadrini bir
musibatga giriftor bo‗lganlaridagina his qiladilar».
Qit‘a:
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
420
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof.
Do'stlaringiz bilan baham: |