422
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,
Yaxshiga yaxshilik yaxshi –
buni bil.
Niholin o‘sdirar daraxt ko‘p zamon,
Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.
Davlating borida ishing sol yo‘lga,
O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.
HIKMATLAR
Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak – don,
Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.
Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.
Ustiga kitob ortilgan eshak
Na olim va na donodir, beshak.
Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq.
Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy
(
1498 – 1556)
Muhammad Sulaymon o‗g‗li Fuzuliy 1498-yili Iroqning Karbalo shahrida tug‗ilgan.
Fuzuliyning otasi Sulaymonning oilasi bir vaqtlar Ozarbayjonning
Arash degan joyidan
Karbaloga ko‗chib borgan. Fuzuliy yoshligida o‗z ustozi Habibiyning qizini yaxshi ko‗rib
qolgan, unga atab she‘rlar yozgan.
423
Yosh Muhammad shoir sifatida Bag‗dodda shakllandi.
Shuning uchun Fuzuliy
taxallusi yoniga Bag‗dodiy nisbasi qo‗shiladi. Shoir taxallusi fazl (fazilat) so‗zidan, fuzul
fazlning jamini, fozil, fazilat egasi ma‘nosini beradi.
Fuzuliyni Ozarbayjon hukmdori Ismoil Safaviy I
va Turkiya sultoni Sulaymon
Qonuniy I moddiy ta‘minlab turadilar, nafaqa tayin etadilar.
Fuzuliyning o‗g‗li Fazliy taxallusi bilan she‘rlar yozgan va bobosining yurti Arashga
ko‗chib kelgan.
U 1556-yili vabo kasalidan vafot etgan.
Dostonlari
«Layli va Majnun»
«Haft (yetti) jom»
«Anis ul-qalb» (
Qalb do‘sti)
«Matla‘ ul-e‘tiqod» (
E’tiqod boshlanmasi)
«Rind-u zohid»
«Sihhat va maraz»
«Bang-u Boda» (
Nasha va may)
«Suhbat ul-asmor» (
Mevalar suhbati)
Do'stlaringiz bilan baham: