Dilnavoz Yusupova


II. «Shohnoma» yo‘nalishidagi boshqa asarlar


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

II. «Shohnoma» yo‘nalishidagi boshqa asarlar 
Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig‗ish masalasini arab istilosigacha bo‗lgan III 
– VII asrlarda taxt so‗ragan so‗nggi Eroniy sulola – sosoniylar ko‗targan, ular amri bilan 
pahlaviy (eski fors) tilida «Xudoynoma» (Hukmdorlar haqida kitob) degan maxsus kitob 
yozilgan edi. Hatto u arab tiliga to‘qqiz ana tarjima ham qilingan. Ammo na asarning 
asliyati, na tarjimalari bizgacha yetib kelgan. 
X asrda bu masala yana qo‗zg‗aldi. Abul Muayyad Balxiy nasriy yo‗l bilan shohlar 
tarixini bitgani, to‗rt olim birgalikda «Sohnomayi Mansuriy» nomi bilan mashhur bo‗lgan 
nasriy kitob yozgani, Abu Ali Muhammad ibn Ahmad Balxiy, shuningdek, Mas‘ud 
Marvaziylarning (966-yildan oldin yaratilgan) she‘riy «Shohnoma»lari haqida 
ma‘lumotlar saqlanib qolgan. 
III. Dostonning qisqacha mazmuni 
Bu yirik epik asarda Eron va Turonning qariyb 4 ming yillik tarixi qalamga olingan. 
Eng qadimgi davrlar haqida forsiy qabilalar to‗qigan, xalq xotirasida saqlanib, tildan tilga 


417 
o‗tib kelayotgan turli afsonalar va qahramonlik dostonlari berilgan, shuningdek, Eronning 
Iskandar Zulqarnayndan (miloddan oldingi III asrdan) to arablar bostirib kelib, sosoniy 
hukmdor Yazdigard III qatl etilgan milodiy 651-yilgacha bo‗lgan tarix yoritilgan. Shu 
tariqa dostonda Eronda hukm surgan to‗rt sulola – peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, 
sosoniylar davriga oid voqealar bayon qilinadi. Bu to‗rt sulolada jami 50 hukmdor taxt 
so‗ragan. 
Ana shu ko‗p asrlik intilishlarni Firdavsiy oxiriga yetkazdi. Juda katta epik (voqealar 
bayoni birlamchi bo‗lgan adabiy tur) asar bunyod etdi. Mantiqan bilinib turibdiki, 
Firdavsiy bu masalada o‗zigacha yaratilgan, qo‗lga kiritish imkoni bo‗lgan barcha manba 
va materiallardan unumli foydalangan, ularni puxta o‗rganib tartibga solgan, tahlil qilgan, 
ustalik bilan o‗z asari tarkibiga kiritgan. 
«Shohnoma» 60 ming baytni o‗z ichiga oladi. Asar biz bilgan an‘anaviy 
«Xamsa»lardan hajman ikki-ikki yarim barobar katta. 
«Shohnoma» aruzning mutaqoribi musammani mahfuz (yoki maqsur), ya‘ni «faulun-
faulun-faulun-faul (yoki faol)» vaznida yozilgan. Bu eshitilishda xuddi «ba-bam-bam ba-
bam-bam ba-bam-bam ba-bam» tarzida chalinadigan nog‗ora ohangini eslatadi. Qadim 
shohlar hayotini va faoliyatini urushlarsiz tasavvur qilish qiyin bo‗lgani kabi, hukmdorlar 
timsollari asosida yaratilgan asarlar aksaran shu vaznda bitilgan. Bu an‘ana forsiy va 
turkiy dostonchilikda «Shohnoma»dan keyin yanada keng quloch yoydi. 
«Shohnoma»ni shoir 30 yil mobaynida yaratdi. 
Yillar, asrlar davomida bu asarning turli nusxalari paydo bo‗ldi, ba‘zi qissalari 
asosida xalq kitoblari ham yuzaga keldi. XV asr birinchi yarmida temuriy hukmdor, Mirzo 
Ulug‗bekning akasi Boysunqur mirzo Hirotda mutaxassis olimlarni to‗plab, 
«Shohnoma»ning 40 dan ortiq nusxasini qiyosiy o‗rganib, mukammal holga keltirilgan 
yagona ilmiy-tanqidiy matn tuzishga buyurdi. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling