Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu 
paytda yolg‘izlik dashtini shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar hukumat odamlari 
bilan kelib eri va o‘g‘lini otib tashlagan oqshomni ekar va so‘ng yolg‘iz o‘zi hosilini ham 
yig‘ib olardi. Bayna momo har kecha ko‘z yoshlari bilan to‘lgan qayiqda yillar qoyalari 
orasida qolib ketgan eri bilan o‘g‘lining ilma-teshik bo‘lgan murdasi va Zamon otboqarning 
muzaffar qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to‘lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho‘l 
bo‘lib ketgan yostig‘ini xuddi qadim ajdodlarning unut bo‘lgan yaloviday... baland tolga osib 
oftobda quritardi». Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari 
tasvirining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining o‗zi hikoyada 
o‗ziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolg‗izligi va baxtsizligi miqyoslarini 
tuyish va tushunish imkonini bergan.
Ulug‗bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat» romanlari, «Yolg‗izlik» qissasi, 
qator hikoyalari qahramonlar ruhiy olamini tadqiq etish ko‗lami va yo‗sinlari jihatidan 


409 
adabiyotimiz uchun tamomila yangilik bo‗ldi. Ularda bayon, ifoda etish, ko‗rsatish, tasvirlash 
singari usullar badiiy tadqiqqa o‗z o‗rnini bo‗shatib bergan. Yozuvchi uchun 
qahramonlarining xatti-harakatlarini ko‗rsatish emas, balki uning o‗y-u sezimlaridagi 
tovlanishlarni aks ettirish muhim. Arastu zamonlaridan buyon adabiyotning mohiyati 
hayotdagi xaos, ya‘ni tartibsizlikni badiiyatning kosmosi, ya‘ni tartibiga aylantirishdan iborat 
deb tushunib kelingan. Voqelikdagi «tartibsizlik»lar muayyan muntazamlik kasb etishi, 
intizomga solinishi bilan badiiy asar yuzaga keladi deb qaralgan. U.Hamdamning 
«Yolg‗izlik» qissasida esa aynan shu tartibsizlikning o‗zi, voqelikdagi emas, inson xayoli, 
kechinmalaridagi tartibsizlik tasvir obyektiga aylangan. Qissada muallif qahramon o‗y-
xayollarini uning xarakterini ochish vositasiga aylantirmaydi. Bil‘aks, o‗y-xayollarning 
tartibsiz va noizchil oqimini berishning o‗zini maqsadga aylantiradi. Ma‘lumki, inson 
xayolotida izchillik, muntazamlik bo‗lmaydi. Ko‗p hollarda odam xayolni emas, xayol 
odamni yetaklaydi. Shu tariqa milliy adabiyotimizda, sirtdan qaraganda, badiiy maqsadga 
bo‗ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida, o‗ychil inson tafakkuri va hissiyoti 
manzaralarini namoyon etuvchi asar dunyoga kelgan.
Sh.Xolmirzayev «Olabo‗ji», «Dinozavr» romanlari, «Bulut to‗sgan oy» qissasi, 
«O‗zbeklar», «Ozodlik», «Navro‗z, navro‗z» hikoyalarida, N.Norqobilov «Oqbo‗yin», 
«Qoyalar ham yig‗laydi» qissalari, «Oriyat», «Quvonchli kun» hikoyalari, Sh.Bo‗tayev 
«Sho‗rodan qolgan odamlar» qissasi, «Darvesh» hikoyasi, Tog‗ay Murod «Otamdan qolgan 
dalalar» romanida nasrning an‘anaviy tasvir yo‗sinidan mahorat bilan foydalangan holda 
millat vakillarining g‗oyat o‗ziga xos jonli badiiy timsollarini yaratdilar. Ularda an‘anaviy 
tasvir yo‗nalishi o‗ziga xos badiiy izlanishlar hamda dunyo adabiyotidagi eng so‗nggi ifoda 
usullarini dadil qo‗llash bilan omixtalashib ketgan. Mustaqillik davri o‗zbek nasrida inson 
shaxsini xilma-xil rakurslarda aks ettirish, uning xatti-harakatlari va o‗y-xayollari ruhiy 
asosini tadqiq etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy adabiyotimiz aholisi qisqagina 
vaqt orasida Ulton, Gulsara, Tavakkal, Husan polvon, Ernazar polvon, Zuhra, Bayna momo, 
O‗sar, Ko‗klam singari yirik, o‗ziga xos, boshqa adabiy qahramonlar orasida yo‗qolib 
ketmaydigan qabariq obrazlar hisobiga boyidi.


410 
Milliy tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri ko‗pchilik tomonidan anglab 
yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu bo‗ldiki, odamning eng kichigi, eng ko‗rimsizi, 
eng zabuni, eng noshudi ham odamdir. Binobarin, badiiy adabiyot kichik odamning katta va 
chigal ichki dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni tadqiq etishi lozim. Bir qator 
asarlarda sirtdan qaraganda ko‗zga tashlanib turadigan jihati yo‗q, hamma qatori, ammo 
botinida ulkan iztiroblar, ruhiy po‗rtanalar mavjud bo‗lgan «kichik» odamlarning ichki 
dunyosi bor bo‗yicha aks ettirilgan. Nosirlarimizda ma‘naviy dunyosi quruqshagan, 
risoladagi odamlarday fikrlash va o‗zgalarni tuyish saodatidan mahrum bo‗lgan 
ma‘naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli holdir. 
Sh.Bo‗tayevning «Sho‗rodan qolgan odamlar» qissasi, A.Yo‗ldoshevning «Otchopar» qissasi 
va «So‗qir» hikoyasida ayni shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan. Bu asarlarda 
ma‘naviyatdan mahrum, shaxsi sindirilgan, shu bois o‗zligi yitgan kishilarning g‗aroyib 
qismati aks ettirilgan. Ular hamisha ham ojiz, notavon, noshud emaslar. Ba‘zan juda ishchan, 
olg‗ir, uddaburon bo‗lishlari ham mumkin. Lekin bunday kimsalarning umumiy xislati ichki 
olamning omonatligi, quruqshaganligi, ma‘naviyatining kichikligidir.
Mustaqillik davri o‗zbek nasri qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. 
Badiiy asarda odamga ijobiy-salbiy yoki tipik-notipik singari qoliplar orqali emas, balki 
mavjudligining o‗zi bilan adadsiz sir-u sinoatlarga to‗la tirik inson tarzida yondashish qaror 
topib borayotir. Bu fazilatlar barcha ijodkorlar uchun ham xos deb bo‗lmaydi, albatta. Lekin 
odamga yondashishda jo‗nlikdan, qolipdan voz kechilganligining o‗ziyoq nasrimiz 
taraqqiyotida sog‗lom tamoyillar qaror topayotganini ko‗rsatadi.
O‗zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarida sodir bo‗lgan evrilishlar dramaturgiya 
taraqqiyotiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatdi. Bu vaqtda yaratilgan asarlar orasida Usmon 
Azimning «Bir qadam yo‗l», Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon», Ilhom 
Hasanning «Bir kam dunyo», Abdulla A‘zamning «Dugohi Husayniy», «Jek London 
hikoyasidan so‗ng», O.Yoqubovning «Bir koshona sirlari» kabi asarlari hozirgi o‗zbek 
dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo‗ldi. «Bir qadam yo‗l» dramasida inson ko‗ngli 
mayllariga e‘tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari jihatlar keksa kishining 
murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko‗rish, uni ziyorat etishni bir umr 


411 
orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo‗li kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan 
ovora farzandlarining e‘tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko‗rmay o‗tib ketgan 
qariya va uning atrofidagilar ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko‗rsatilgan.
Dramaturgiyada shakliy, ijodiy tajribalar o‗tkazish yo‗nalishidagi izlanishlar to‗xtagan 
emas. U.Azim va A.A‘zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil 
tajribalar mahsulidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bo‗lishi mumkinligi va 
undagi o‗zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jiddiy 
evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari 
ifoda shakllarni o‗ylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini 
ta‘minlagan.
E.Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida esa insoniyat paydo 
bo‗lgandan beri hal bo‗lmay kelayotgan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va 
farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o‗rtasidagi to‗qnashuv bobolarimiz 
taqdirlari misolida ta‘sirli tasvirlab berilgan. Harbiy qudrati bo‗lishiga qaramay, o‗zining 
yovuz farzandlariga qarshi qo‗shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi 
yuksak sifatlar va o‗z otalarining ko‗ziga mil tortish darajasida yirtqich bo‗lgan Habash va 
Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda juda ta‘sirli yo‗sinda ko‗rsatib berilgan. Ayni vaqtda 
milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo‗lga kiritilishi og‗ir 
kechayotgan soha bo‗lib qolayotganini ta‘kidlash kerak. Dramaturgiya bozor iqtisodi 
talablariga eng ko‗p berilgan adabiy tur bo‗ldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmay qolmadi, albatta. Aytish kerakki, miqdor jihatidan dramachilik taraqqiyotiga 
e‘tiroz bildirib bo‗lmaydi. Keyingi yillarda dunyoga kelgan dramalar uchdan biri turli 
yubileylar munosabati bilan yozilganligi aniqlandi. Komediya degan nomga da‘vogar sahna 
asarlarining esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan. Albatta, ijtimoiy 
buyurtma yo‗li bilan ham yetuk badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin. Bunga milliy va jahon 
adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo‗ladi. Ammo butun boshli milliy 
dramaturgiyani faqat buyurtma yo‗li bilan taraqqiy ettirishga urinishni badiiyat nuqtayi 
nazaridan sog‗lom hol deb bo‗lmaydi.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e‘tiroz va jiddiy xavotir uyg‗otadi. Negaki o‗zbek 
komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo‗lgan. Hamza, 


412 
Qahhor, Sh.Boshbekovlarning teran ma‘noli kulgi asarlarini eslashning o‗zi da‘vomizning 
nechog‗liq haq ekanligini ko‗rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na ijrochilarga, na 
tomoshachilarga va na o‗quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning 
komediya deb atalmish bir turiga ko‗cha so‗zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik 
o‗ta surlik bilan kirib kelmoqda. Mualliflar to‗qnashuvlar tarangligi haqida emas, so‗zlarning 
pardasizligi haqida ko‗proq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar to‗xtovsiz 
sahnalashtirilayotganligi, boz ustiga, ko‗plab tomoshabinlarga ega bo‗layotganligi jiddiy 
estetik xavfdir. Chunki millatning badiiy didi shakllanishiga to‗g‗ri yo‗nalish bermay turib 
uning ma‘naviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behuda.
She‘riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo‗lgan yaqin o‗tmishdagi estetik 
yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho‗qqilarni egallash imkoniyati yuzaga 
kelganligi ayon haqiqat bo‗lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha erishilgan sahnaviy 
yuksaklikka yaqin kelinmayotgani ham bor gapdir.
Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi 
taranglik hali-hanuz pyesalarga ko‗chganicha, sahna realligiga aylanganicha yo‗q. Ehtimol, 
milliy tafakkurdagi to‗xtamlarning, estetik qarashlardagi qanoatlarning qat‘iylashmaganligi, 
hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi, shu hayot tufayli yuzaga 
kelgan hissiyotlar jumbishining tiniqmaganligi, ijtimoiy to‗qinishlar ruhiyatlarda bergan aks 
sadoni sahnabop shaklda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning ro‗y berishiga sababdir. 
Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o‗zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi 
asarlar yaratilishi uchun mo‗l-ko‗l material bera oladi.
Ma‘lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning unchalar muhim 
bo‗lmagan oddiy talabiga aylandi. Milliy dramaturgiyamiz esa hanuzgacha zarur gapni 
keskinroq yo‗sinda aytishni fazilat sanab kelmoqda.
Har bir alohida odamda bo‗lgani kabi, har bir millatning va har bir davrning ham o‗z 
mo‗ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo‗ladi. Mustaqillikka erishilganidan 
keyingi davr o‗zbek adabiyoti uchun inson ma‘naviyati qirralarini tekshirish, odam 
ruhiyatidagi ko‗z ilg‗amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, 
milliy adabiyotimiz uni egallash sari og‗ishmay borayotir.


413 
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog‗lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir 
yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng 
ta‘sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e‘tibor berilyapti.


414 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling