Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Beshinchidan, bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g‗oyat murakkab, chigal 
va izohlash mushkul ekanligini chuqur anglagan, ularni butun murakkabliklari bilan aks 
ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. Sho‗rolar zamonida har bir adabiy 
qahramonning xatti-harakati ijtimoiy jihatdan asoslangan, iqtisodiyot qonunlaridan kelib 
chiqadigan bo‗lishi shart deb qaralardi. Natijada asarlar sxematik talablarga 
bo‗ysundirilardi. Holbuki, bir odamning xatti-harakatlari sababini adiblar tugul o‗sha 
kishining o‗zi ham to‗la tushuntirib bera olmaydi. Ana shu holatning milliy badiiyatimizga 
ko‗chganligi insonga sirli xilqat tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigalliklarni 
tushunishga intilishni keltirib chiqarmoqda. Shu tariqa adabiyotdagi odam hayotdagi 
odamga qaraganda chuqurroq, murakkabroq, o‗ychilroq bo‗lib bormoqda.
Oltinchidan, bu davr adabiyotining mavzulari dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviylik 
singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangulikka 
suratlanishiga yo‗naltirilmoqda. Shu yo‗l bilan adabiyot hayotdan nusxa olishdan, ya‘ni 
ko‗chirmachilikdan qutulib bormoqda. U ijtimoiy hodisalar bilan andarmon bo‗lish, 
ularning ortidan ergashish zaruriyatidan xalos bo‗ldi. Mazkur holat badiiy tasvirning 
chuqurlashuviga, odam ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok etishga imkon yaratadi.
Yettinchidan, mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyotga 
aylandi. Unda tajriba qilish, sinab ko‗rish, ochilmagan yo‗llardan yurish imkoniyati paydo 
bo‗ldi. Bu hol birovga o‗xshamaydigan, o‗zgalarni takrorlashga intilmaydigan, o‗ziga xos 
iste‘dodlarning ko‗payishiga imkon yaratadi. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi 
tufayli xilma-xil o‗quvchilar paydo bo‗ladi. Badiiy didi yuksak, so‗zni nozik his etadigan, 
sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg‗ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki 
bo‗ladi. Ommaviylik badiiy adabiyot uchun asosiy maqsad, yuqori ko‗rsatkich emasligi 
anglab yetildi.
Sakkizinchidan, yuqorida sanab o‗tilgan omillar tufayli bu davr adabiyoti jo‗nlikdan, 
anchayinlikdan, to‗porilikdan qutuldi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, 
tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo‗lmay qoldi. Badiiy adabiyot mantiq va 


404 
axloqan ham teranroq sezimlar bilan ish ko‗rishi, eng murakkab mavhumlikni 
moddiylashtirishga da‘vat etilgan hodisa ekanligi tan olindi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling