Dilnavoz Yusupova


 MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

11. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI 
O‗tgan asrning 90-yillaridan e‘tiboran o‗zbek xalqi o‗z tarixining yangi bosqichiga 
kirdi. Millat holatining estetik ifodasi o‗laroq istiqlol adabiyoti deb atalmish badiiy hodisa 
yuzaga keldi. Istiqlol davri o‗zbek adabiyoti ko‗p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy 
davomidir. Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti – bir qator o‗ziga xos belgilarga ega bo‗lgan 
badiiy-estetik hodisa.
Istiqlol davri o‗zbek adabiyoti tubdan o‗zgargan milliy ongning, tamomila 
yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli o‗z 
ma‘naviyatining asosi bo‗lmish Qur‘oni Karim bilan o‗zbek tilida tanishish imkoniga ega 
bo‗ldi. Bu hol millatning tafakkuri sog‗lomlashuviga olib keldi. O‗zbek xalqining tafakkuri 
tarixini umumiy qilib Qur‘oni Karim tarjima qilinguncha va tarjima qilingandan keyingi 
davrlarga ajratish mumkin. Negaki bu muqaddas kitobning o‗zbekchaga ag‗darilishi 
millatning e‘tiqodi, dunyoqarashi va ma‘naviyatida o‗ziga xos inqilob yasadi. Tabiiyki, 
dunyoqarashi tozargan millatning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa hukmron mafkura 
tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash samarasi sifatida 
istiqlol adabiyoti dunyoga keldi.
Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni 
har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‗lgan millat ijodiy dahosining 
samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‗sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati 
manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo‗lib yaratildi.


402 
Mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti tafakkur oinlari o‗zgacha ijodkorlarning estetik 
qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o‗laroq bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga 
ega.
Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam 
ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsulidir. Bu davrda olamning 
mavjudlik yo‗sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo‗ldi. Bu hol milliy adabiyotimizning 
ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira 
boshladi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling