Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

III. Dostonlari 

«Osmonning oxiri» 

«Qora quyosh» 
She’rlaridan namunalar 
Shoir shunday ko‘pki, ularga yer tor,
Hammasi mashhur va hammasi nomdor,
Ulug‘vor, ularga yetmoq ko‘p dushvor.
Ammo ular oyga bosib yuzini
Turganda osmonin bag‘riga ilk bor,
Biz olib borgaymiz tuproq isini,
Gulday dimog‘iga tutamiz, qizim,
Biz hali hammadan o‘tamiz, qizim!.. 
(«Qizim Madinaga») 
Nechun qulluq qilmay Andijonga men –
Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.
Agar do‘stim bo‘lsa, bitta u do‘stim –


400 
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
(«Nechun qulluq qilmay Andijonga men») 
Ol deya bir Egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo‘ynini quchsa ruhlarim,
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur, yulduzlari – anduhlarim,
Gul o‘pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur...
(«Navolarim qolur...») 
Men dunyoni nima qildim, 
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon, 
O‘zim sulton, 
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi?
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
(«Vatanim») 
Savol va topshiriqlar: 
1. G‘afur G‘ulomning lirik va nasriy merosi haqida so‘zlab bering.
2. Oybekning o‘zbek romanchiligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi qaysi 
asarlarida namoyon bo‘ladi? 
3. Maqsud Shayxzoda ijodini yaratilgan davriga ko‘ra qanday tasniflash 
mumkin? 
4. Abdulla Qahhor qaysi janr taraqqiyotiga alohida hissa qo‘shgan? 
5. Hamid Olimjonning ijodiy merosini qanday tasniflash mumkin? 
6. Usmon Nosirning she’riyatiga xos xususiyatlar sifatida qaysi jihatlarni ayta 
olasiz? 
7. Xudoyberdi To‘xtaboyev romanlarida qaysi mavzu yetakchilik qiladi? 


401 
8. Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida qanday 
o‘rin tutadi?
9. Shukur Xolmirzayev asarlarida milliy mentalitetimizga xos xususiyatlar qay 
darajada va qay shaklda namoyon bo‘ladi? 
10. Abdulla Oripov va Erkin Vohidov she’riyatining mushtarak jihatlarini 
aniqlashga harakat qiling.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling