Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

JAHON ADABIYOTI 
Ezop
(Miloddan avvalgi VI asr) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yashagan Ezop Frigiya mamlakatidan 
edi. U urushlar natijasida qul qilib olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Donishmandligi 
bilan o‗zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‗ng Bobil 
shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‗tarilgan. Keyinroq haqgo‗yligi, 
adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun alamzada, hasadgo‗y dushmanlari uni Delfa 
shahrida tog‗ qoyasidan otib yuborib o‗ldirganlar. 
Ijodiy faoliyati 
Ezopning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib «Ezop masallari» 
nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‗gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan. 
Ezop masallari 
«Yovvoyi echkilar va cho‘pon» 
Asar syujeti. Cho‗pon o‗z echkilariga aralashib qolgan yovvoyi echkilarga eski 
echkilarga nisbatan ko‗proq yem beradi, buni ko‗rgan yovvoyi echkilar cho‗ponni 
bevafolikda ayblab qochib ketadilar.
Xulosa: yangi do‗stlarni eskilaridan afzal tutuvchilarga yaqinlashmagan yaxshiroq. 
«Kiyik va tokzor» 
Asar syujeti. Ovchilardan qochgan kiyik tok barglari ortida qutulib qoladi, ovchilar 
ketgach, tok barglarini yeb qo‗yadi, birozdan so‗ng qaytgan ovchilar kiyikni ovlaydilar.
Xulosa: yaxshilikka yomonlik qilgan jazo oladi. 
«Bo‘ri bilan laylak» 
Asar syujeti. Bo‗rining og‗ziga suyak tiqilib qolganda, laylak uni olib tashlaydi va 
buning uchun bo‗ri og‗zidan omon chiqqanini laylakka mukofot deb baholaydi.
Xulosa: badfe‘l kishilar yomonlik qilmaganlarini yaxshilikka yo‗yadilar. 
«Eshak bilan baqalar» 
Asar syujeti. Ustiga o‗tin ortilgan eshak botqoqqa yiqilib tushib oh-voh qilganda 
baqalar unga o‗z hayotlari shu botqoqda o‗tishini aytib tanbeh beradilar.


415 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling