432
Hech qachon yengilmas o‘jar idrokim.
Qirolning qoshida turib, hattokim,
Ko‘zimni men yerga olmayman bir qur.
(«
Onam fon Heldern B. Haynega»)
Hans Kristian Andersen
(
1805 – 1875)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Sharl Perro, Ernst Teodor Amadey Gofman, aka-uka Grimmlar, Vilgelm Gauf, Oskar
Uayld, Aleksandr Pushkin kabi ertaknavislar ichida o‗z o‗rniga ega bo‗lgan Hans Kristian
Andersen 1805-yil 2-aprelda Daniyaning Odense shahrida kambag‗al etikdo‗z
oilasida
dunyoga keldi.
Otasi vafot etgach, o‗n to‗rt yoshli Andersen Daniya poytaxti Kopengagenga keladi.
Dastlab u teatrga qiziqadi. O‗zining kichik-kichik
sahna asarlarini yozadi,
ularni shahar
teatrlariga taklif qilib ko‗radi. Kopengagen teatrlaridan birining direktori uni qo‗llab-
quvvatlashga qaror qiladi. Andersen uning tavsiyasi bilan teatrdan
stipendiya oladi va
unga Lotin maktabida bepul tahsil olish huquqi beriladi. Keyinroq Andersen Kopengagen
universitetida o‗qiydi.
Andersen Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlariga sayohat qiladi. Gyugo,
Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne, Rossini, Vagner, List
kabi buyuk ijodkorlar bilan
muloqotda bo‗ladi.
Andersen 1875-yil vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: