Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haynrix Hayne ( 1797 – 1856 ) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
She’rlaridan namunalar
Qurganim, aslida, bilgil, bu zaminning mixidir, Erur ul erkin doim, budur turkman binosi. Asli seni ko‘rmaganman, nigorim! Qumrimisan, bulbulmisan, namasan? G‘amgin dilni xayoling-la aldarman, Bog‘ ichinda bir gulmisan, namasan?.. Kel, ko‘nglim, men senga o‘git berayin: Yiroq qilma ko‘rar ko‘zing – elingni. Qimmatin ketkizma, o‘rnida so‘zla, Ravo ko‘rma har nokasga tilingni. Gar kaklik oldirsa jo‘ja-bolasin, Sayray-sayray izlamasdan bo‘lurmi? Gar bulbul yo‘qotsa gulin, nolasin, Hasratini so‘zlamasdan bo‘lurmi? 430 (Sori va Ibrohim ismli o‘g‘illarining bevaqt o‘limi munosabati bilan yozilgan) Sarxush bo‘lib chiqar, bag‘ri dog‘lanmas, Toshlarni sindirar, yo‘li bog‘lanmas. Ko‘zim yotga tushsa, ko‘nglim tanglanmas, Maxtumquli so‘zlar tili turkmanning. Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang, Faqir-u miskinga dalolat yaxshi. Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang, Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi. Haynrix Hayne (1797 – 1856) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Haynrix Hayne 1797-yilning 13-dekabrida Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug‗ildi. Uning tarbiyasi bilan onasi Betti shug‗ullandi. Haynrix Hayne 1819-yildan boshlab Bonn, Hettingen va Berlin universitetlarida o‗qiydi. Ovro‗poliklar tafakkuriga jiddiy ta‘sir o‗tkazgan mashhur faylasuf Gegeldan ma‘ruzalar tinglab bilimini oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib diplom olgan bo‗lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi. Haynening qarashlari hukmron kishilarga ma‘qul kelmagach, 1830-yili u Fransiyaga ketishga majbur bo‗ldi. O‗sha yilning iyulida sodir bo‗lgan inqilobdan keyingi Parijdagi siyosiy va adabiy hayotda faol ishtirok etadi. Haynrix Hayne 1843-yili insoniyatning hayotini tamomila o‗zgartirib yuborish da‘vosi bilan chiqqan Karl Marks bilan tanishadi. Marksning ommani baxtli qilishga doir yuqumli xomxayollari ta‘siriga berilgan shoir dastlabki vaqtlarda uning g‗oyalariga tarafdor bo‗lib yuradi. Lekin kommunistik qarashlarda kishining erkiga zo‗rlik o‗tkazish ustuvorligini payqab qolgach Marksdan ham, uning g‗oyalaridan ham uzoqlashadi. 431 Hayne umrining oxirigacha o‗z yurtidan olisda yashadi. Bu uning she‘rlarida aks etgan. Haynrix Hayne 1856-yilning 17-fevralida Parijda vafot etdi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling