Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Robindranath Thokur
(1861 – 1941) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Xalqaro Nobel mukofoti sohibi Robindranath Thokur 1861-yil 7-mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan. R.Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi edi. U 8 yoshidayoq she‘rlar yoza boshlaydi. R.Thokur dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o‗qidi, uni bitirgach Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq oldi. 1878 – 1880-yillarda London universitetining kollejiga o‗qishga kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga ergashib ijod qila boshlaydi. Angliyadagi jurnallarda dastlabki she‘r, doston va maqolalari e‘lon qilinadi. 1884 – 1911-yillarda R.Thokur ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi. U 1912-yili o‗zining «Gitanjali» she‘rlar to‗plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913-yili Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‗ladi. Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinchi jahon urushidan keyin 441 bepul o‗qitiladigan universitetga aylantiriladi. R.Thokur Yevropa mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo‗shma Shtatlariga bir necha marotaba safar qiladi. Uning 1911-yili vatanparvarlik ruhida bitgan «Xalq qalbi» nomli qo‗shig‗i Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga, 1913-yili yaratgan «Mening oltin Bengaliyam» qo‗shig‗i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan. O‗zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o‗ynalgan. «O‗zbekfilm» kinostudiyasida 1961-yili xuddi shu nomda to‗la metrajli badiiy film yaratilgan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling