Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Antuan de Sent-Ekzyuperi
(1900 – 1944) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar Antuan de Sent-Ekzyuperi 1900-yil 29-iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag‗allashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o‗tdi. 1909- yildan 1914-yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta‘lim olishdi. Birinchi jahon urushi boshlangach, ularning onasi o‗g‗illarini Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga o‗qishga yuboradi. 1917-yili akasi Fransua bevaqt olamdan o‗tgach, Antuanning qalbida chuqur o‗zgarish ro‗y beradi va ilk bora yashashdan maqsad nima degan savolga javob axtara boshlaydi. Yosh Antuan Nafis san‘at akademiyasining aixitektura fakultetiga o‗qishga kiradi, biroq insonning hayotdagi o‗rni haqidagi fikrlar uni aslo tark etmaydi, zero, Antuan o‗z hayotini aniq bir sohaga bag‗ishlamoqchi, insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga qo‗l urmoqchi edi. 1921-yili u arxitektura fakultetini tark etadi va Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi. 1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yil bo‗ldi. Shu yili u «Latiko-Yeуg» havo kompaniyasiga ishga kirib o‗zi sevgan mashg‗ulot bilan shug‗ullana boshlaydi. Shu kundan boshlab to umrining oxirigacha Sent-Ekzyuperi uchuvchi bo‗lib qoladi. Sent- Ekzyuperi Yevropaning, Afrika va Lotin Amerikasining turli burchaklariga uchar, yuk va yo‗lovchilarni tashir edi. Keyinchalik u G‗arbiy Saxara (hozirgi Mavritaniya)ning Kap- Jubi shahri aeroporti boshlig‗i, so‗ngra bir fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo‗limi boshlig‗i lavozimlarida ishladi. 1943-yili Antuan de Sent-Ekzyuperi yana jangovar safga qaytadi. Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o‗lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi. 1944-yil 31- iyulda so‗nggi parvozga chiqqanida Antuan de Sent-Ekzyuperining samolyotini fashist 446 qiruvchisi urib tushiradi. Bu mudhish voqea uning jonajon vatani Fransiya ozodlikka erishishiga atigi uch hafta qolganda yuz berdi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling