Dilnavoz Yusupova


hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o‘zini ovutadigan chol


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o‘zini ovutadigan chol va boshqalar bilan 
suhbat quradi. Bu insoniy ojizliklar uning yuragini g‗ash torttiradi. 
Kichkina shahzoda qiyofasida asarda namoyon bo‗ladigan kuch EZGULIKdir. 
Ezgulik yovuz baobabning g‗ovlab ketishiga – olamni yomonlik egallab olishiga qarshi 


448 
har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o‗zi suygan feruza guli 
– sevgi-muhabbatini himoya qila oladi. 
Ezgulikning «ko‗ngil ko‗zi ochiq» bo‗ladi. 
«Kichkina shahzoda» asarini yaratgani uchun yozuvchining vatani – Fransiyada, 
Antuan de Sent-Ekzyuperi tug‗ilgan yurt – Lion shahri markazida unga o‗rnatilgan 
haykalda ko‗kka bo‗у cho‗zgan baland oq marmar ustun ustida o‗tirgan adibning 
yelkasiga qo‗lini qo‗ygancha Kichkina shahzoda turibdi.
III. Romanlari 

«Janub chopari» (1929) 

«Tungi parvoz» («Femina» mukofotini olgan asar, 1931) 

«Erkaklar zamini» (1939) 
Musa Jalil 
(1906 – 1944) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Musa Mustafo o‗g‗li Jalilov Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning 
Orenburg guberniyasida dehqon oilasida dunyoga keladi. U dastlab ovuldagi boshlang‗ich 
maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko‗chib kelgach, Orenburgdagi mashhur 
«Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. Musa talaba tengdoshlari orasida 
o‗zining izlanuvchanligi, ko‗p narsaga qobiliyatli ekani bilan ajralib turar edi.
Moskva davlat universitetining adabiyot fakultetiga o‗qishga kirgan Musa Jalil 1931-
yili uni muvaffaqiyatli bitiradi. 
Keyinchalik Musa Jalil Tatariston yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi. 
Ikkinchi jahon urushi boshlangach o‗z o‗rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa 
Jalil jangchilar o‗rtasida ma‘rifiy targ‗ibot ishlarini olib borar, front gazetalarida harbiy 
muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy asarlari bilan faol ishtirok etardi.
1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‗yida kechayotgan shiddatli janglar paytida 
Musa Jalil og‗ir yaralanadi va dushman qurshoviga tushib qoladi.
Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre 
Timmermans ismli kishi Bryussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she‘rlar bilan to‗lgan bir 


449 
yon daftarni olib keladi. U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‗sti, tatar shoiri Musa 
Jalilga tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‗zi fashistlar tomonidan vahshiylarcha 
o‗ldirilganini so‗zlab beradi. Daftarda Musa Jalilning o‗limi oldidan yozib qoldirgan 
quyidagi vasiyati ham bor edi: 
«Tatarcha yozuvni taniydigan va bu daftarni o‗quvchi do‗stga. 
Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib qoldirdi. Uning tarixi bunday... 
1942-yilda urushga ketib ham... asirlikda ko‗p azoblar tortib qirq o‗limdan qolib, oxirida 
Berlinga keltirildi. Berlinda yashirin siyosiy uyushmada qatnashuvda ayblanib qo‗lga 
tushdi va turmaga qamaldi. Balki, uni o‗lim jazosiga hukm etarlar. U o‗lar. Ammo uning 
asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she‘ri bor. U shular uchun qayg‗uradi. Shuning uchun 
115 she‘rning 60 tasini bo‗lsa hamki ko‗chirib qoldirishga tirishdi. Ammo bu kitob 
qo‗lingga tushsa, she‘rlarni yaxshilab, diqqat bilan oqqa ko‗chirib saqla ham urushdan 
so‗ng Qozonga xabar qilib, tatar xalqining marhum shoirining she‘rlari deb nashr ettir. 
Mening vasiyatim shu! Musa Jalil, 1943-yil dekabr». 
Bu vasiyatnoma yozilganidan keyin oradan bir oy o‗tib – 1944-yil shoir Musa Jalil 
fashistlar tomonidan qatl etildi. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling