437
Abay
(
1845 – 1904)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Asl ismi Ibrohim bo‗lgan Abay Qo‗nonboyev
qozoq mumtoz adabiyotining
asoschilaridan biri, shoir va ma‘rifatparvar hisoblanadi. U 1845-yil 10-avgustda
Qozog‗istonning Yettisuv viloyati Chingiztog‗ (hozirgi Abay)
tumanida chorvador boy
oilasida tug‗ildi. Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o‗qidi.
Keyinchalik rus
maktabiga qatnab rus tili va adabiyotini o‗rgandi.
Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy,
Fuzuliy
ijodini o‗rganish barobarida rus tili orqali rus va g‗arb adabiyoti vakillarining ijodi bilan
yaqindan tanishdi.
Shoirning ijodi yoshlik chog‗laridan she‘r yozish va o‗lan aytishdan boshlandi. Abay
o‗zigacha og‗zaki kuylab kelingan o‗lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan.
Shoir
o‗lanlarni yozma yaratishdan
tashqari ularga kuy bastalab, mahorat bilan kuylagan. U
bastalagan 17 ta o‗lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti.
Uning she‘rlarini o‗zbek tiliga Mirtemir va Uyg‗un tarjima qilganlar.
Ijodiy faoliyati
I. She’rlari
«Sho‗rlik qozog‗im»
«Boy bolasi bilan kambag‗al bolasi»
«Ilm o‗rgan»
«O‗lan»
II. Dostonlari
«Iskandar»
«Mas‘ud»
«Azim rivoyati»
III. Falsafiy asari
«Naqliya
so‗zlar»
(«Nasihatlar»,
44
bo‗lim,
Nosir
Fozilov
o‗zbekchalashtirgan)
She’rlaridan namunalar
O‘zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!