Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

She’rlaridan namunalar 

Qurganim, aslida, bilgil, bu zaminning mixidir,
Erur ul erkin doim, budur turkman binosi. 
 

Asli seni ko‘rmaganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
G‘amgin dilni xayoling-la aldarman,
Bog‘ ichinda bir gulmisan, namasan?.. 
 

Kel, ko‘nglim, men senga o‘git berayin:
Yiroq qilma ko‘rar ko‘zing – elingni.
Qimmatin ketkizma, o‘rnida so‘zla,
Ravo ko‘rma har nokasga tilingni. 
 

Gar kaklik oldirsa jo‘ja-bolasin,
Sayray-sayray izlamasdan bo‘lurmi?
Gar bulbul yo‘qotsa gulin, nolasin,
Hasratini so‘zlamasdan bo‘lurmi?


430 
(Sori va Ibrohim ismli o‘g‘illarining bevaqt o‘limi munosabati bilan yozilgan) 
 

Sarxush bo‘lib chiqar, bag‘ri dog‘lanmas,
Toshlarni sindirar, yo‘li bog‘lanmas. 
Ko‘zim yotga tushsa, ko‘nglim tanglanmas,
Maxtumquli so‘zlar tili turkmanning. 
 

Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi. 
Haynrix Hayne 
(1797 – 1856) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Haynrix Hayne 1797-yilning 13-dekabrida Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida 
savdogar yahudiy oilasida tug‗ildi. Uning tarbiyasi bilan onasi Betti shug‗ullandi.
Haynrix Hayne 1819-yildan boshlab Bonn, Hettingen va Berlin universitetlarida 
o‗qiydi. Ovro‗poliklar tafakkuriga jiddiy ta‘sir o‗tkazgan mashhur faylasuf Gegeldan 
ma‘ruzalar tinglab bilimini oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar 
bilan bitirib diplom olgan bo‗lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi. 
Haynening qarashlari hukmron kishilarga ma‘qul kelmagach, 1830-yili u Fransiyaga 
ketishga majbur bo‗ldi. O‗sha yilning iyulida sodir bo‗lgan inqilobdan keyingi Parijdagi 
siyosiy va adabiy hayotda faol ishtirok etadi. Haynrix Hayne 1843-yili insoniyatning 
hayotini tamomila o‗zgartirib yuborish da‘vosi bilan chiqqan Karl Marks bilan tanishadi. 
Marksning ommani baxtli qilishga doir yuqumli xomxayollari ta‘siriga berilgan shoir 
dastlabki vaqtlarda uning g‗oyalariga tarafdor bo‗lib yuradi. Lekin kommunistik 
qarashlarda kishining erkiga zo‗rlik o‗tkazish ustuvorligini payqab qolgach Marksdan 
ham, uning g‗oyalaridan ham uzoqlashadi. 


431 
Hayne umrining oxirigacha o‗z yurtidan olisda yashadi. Bu uning she‘rlarida aks 
etgan. 
Haynrix Hayne 1856-yilning 17-fevralida Parijda vafot etdi. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling