Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Aleksandr Pushkin 
(1799 – 1837) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yilning 6-iyunida Moskva shahrining Nemislar 
ko‗chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo‗lmish iste‘fodagi mayor Sergey Pushkin 
oilasida tug‗ildi. Onasi Nadejda Pyotr I ning tutingan o‗g‗li habash Ibrohim Hannibalning 
nevarasi edi. Sergey Lvovich ham, Nadejda Osipovna ham bolalarining hayoti bilan 
deyarli qiziqishmasdi. Shu bois ularga ta‘lim-tarbiya berish to‗g‗risida jiddiy bosh 
qotirilmadi. Oilada faqat fransuz tilini o‗rganishgagina jiddiy e‘tibor qaratilardi.
Aleksandr Pushkin 1811-yilning 19-oktyabrida Rossiya poytaxti Peterburg 
yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul qilindi. Bu yerda Ivan Pushin, Anton 
Delvig, Vilgelm Kyuxelbekerlar bilan do‗stlashdi. 
1817-yili litseyni bitirgan Pushkin Tashqi ishlar vazirligiga ishga o‗tdi. 1824 – 1826-
yillarda Pushkin davlat xizmatidan bo‗shatilib, otasiga tegishli mulk bo‗lmish 
Mixaylovskoye qishlog‗iga surgun qilindi. 1826-yilga kelib Pushkin podsho bilan 
yaqinlashishga urindi. Rossiya hukmdori Nikolay I Pushkinni qabul qildi, Peterburgdan 
boshqa istagan joyga borish va yashash imkonini beradi. Pushkinning ijodini senzuradan 
tamomila ozod qilib, uning asarlariga faqat o‗zi senzorlik qilishini bildiradi. 1827-yili 
shoir Peterburgda yashashga ijozat oladi.


435 
Dushmanlar turli mish-mishlar tarqatib, Gollandiya elchisining tutingan o‗g‗li Dantes 
bilan Pushkinning orasini butunlay buzadilar. Natijada 1837-yilning 25-yanvarida Pushkin 
Dantesga haqoratomuz xat yozib uni duelga chorlaydi. 27-yanvar kuni duel bo‗lib o‗tadi 
va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi. Ikki kun azoblanib yotgan A.S.Pushkin 1837-yilning 
29-yanvarida olamdan o‗tadi. 
Ijodiy faoliyati 
Pushkinning dastlabki she‘ri 1814-yili litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» 
jurnalida chop etilgan. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling