Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
«Naqliya so‘zlar»dan 1. Insonning insonligi ishni qanday boshlaganidan bilinadi, qanday tugatganidan emas. 2. Ko‘nglingdagi ko‘rkam o‘y og‘zingdan chiqqach xiralanadi. 3. Sen agar faqat o‘zini o‘ylaydigan nodonga hikmatli so‘z aytsang, u seni yo xursand qiladi, yo xafa. 4. Kishiga bilimiga qarab yaxshilik qil, yomonga qilgan yaxshiliging boshingga balo bo‘lib tushadi. 5. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l! Odam bolasi – elning lolasi. 6. Yaxshi odam ko‘p so‘raydi, ammo oz bersang ham rozi bo‘ladi. Yomon odam oz so‘raydi, ammo ko‘p bersang ham rozi bo‘lmaydi. 7. Yolg‘iz boshing uchun mehnat qilsang o‘z qorni uchun o‘tlagan hayvonning biri bo‘lasan. Insoniy burching uchun mehnat qilsang, Alloh taoloning suygan bandasi bo‘lasan. 8. Inson bolasini zamona parvarish qiladi. Kimda-kim yomon bo‘lsa, ayb zamondoshlarida. 9. Agar davlat mening qo‘limda bo‘lganda inson farzandini tuzatib bo‘lmaydi degan odamning tilini kesib tashlardim... 10. Dunyoda kim yomonlik ko‘rmagan deysiz? Umidsizlik – bu g‘ayratsizlikdir. Dunyoda hech muqim narsa yo‘q, shuningdek, yomonlik ham mudom bo‘lmaydi. Axir, qori qalin qahraton qish ketidan ko‘k maysali, tiniq suvli yoz kelmasmu? 11. Badjahl odam kamgap kelsa, zahari ichida bo‘lgani. Bordi-yu hech kimga gap bermay, lo‘lilik qilib shovqin solsa – bu odam yo qo‘rqoq, yo maqtanchoq keladi. 12. Quvonch va mag‘rurlik mastlikdir. Faqat mingdan bir kishigina bu narsadan o‘zini ehtiyot tutib yura oladi. 13. Ishning omadi – o‘z vaqti. 439 14. Buyuk mansab go‘yo bir buyuk qoya. Unga erinmay o‘rmalab yurib ilon ham chiqadi, uchib-qo‘nib yurib qiron ham chiqadi. 15. Dunyo – kattakon ko‘l. Zamona esa esib turgan yel. Oldingdagi to‘lqin og‘alar bo‘lsa, ketingdagi to‘lqin inilardir. Navbat bilan o‘lishar, avvalgiday bo‘lishar. 16. Tuyadek bo‘y bergandan tugmadek aql bergan ortiq. Soqolini sotgan qaridan mehnatini sotgan yosh ortiq. 17. Yomon do‘st bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutulolmaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topolmaysan. 18. Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Yaxshiga yaqin bo‘l, yomondan – yiroq. 19. G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul. 20. Baxtiyor bo‘lguningcha baxtingni eling ham tilaydi, o‘zing ham tilaysan. Baxtiyor bo‘lganingdan so‘ng esa faqat o‘zinggina tilaysan. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling