450
She’rlaridan namunalar
Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan
O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.
Netay, axir, so‘nggi minutda
Pistoletim qildi xiyonat...
Senga mendan xabar bersalar,
«
U yiqildi charchab»
, – desalar,
Yo‘q, ishonma, jonim!
Bu so‘zni
Do‘stlar aytmas, yaqin ko‘rsalar.
(«
Ishonma»)
Uch, qushcha, hur
Qo‘shig‘im bo‘lib! –
Shudir sendan so‘nggi tilagim.
Tanim qolsin bunda (
Tan nima?)
Ona yurtga borsin yuragim.
Janni RODARI
(
1920 – 1980)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Janni Rodari 1920-yilning 23-oktyabrida Italiya
shimolidagi Omenva shahrida
hunarmand oilasida tavallud topdi. Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo‗lib,
Jannining
bolaligi, adibning o‗zi ta‘kidlaganidek, «olov jizillab
turadigan tandir yonida,
un va ko‗mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan erta vafot etadi.
Janni kambag‗allik tufayli diniy maktabga o‗qishga kirishga majbur bo‗ladi.
Rodari bu
maktabda ikki yildan ortiq o‗qiy olmaydi.
451
Yosh Janni universitetga o‗qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang‗ich
maktabda
o‗qituvchilik bilan shug‗ullanadi. Bu uni bolalar ruhiyati va tilini tushunishga o‗rgatdi,
natijada u ertaklar yoza boshladi va jahonning mashhur yozuvchisiga aylandi.
Janni
Rodari Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‗ladi. U 1980-yil 14-aprelda vafot
etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: