Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Antuan de Sent-Ekzyuperi 
(1900 – 1944) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Antuan de Sent-Ekzyuperi 1900-yil 29-iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri 
Lionda kambag‗allashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. Otasidan erta yetim qolgan 
Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o‗tdi. 1909-
yildan 1914-yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta‘lim 
olishdi. Birinchi jahon urushi boshlangach, ularning onasi o‗g‗illarini Shveysariyadagi 
xususiy kollejlardan biriga o‗qishga yuboradi. 1917-yili akasi Fransua bevaqt olamdan 
o‗tgach, Antuanning qalbida chuqur o‗zgarish ro‗y beradi va ilk bora yashashdan maqsad 
nima degan savolga javob axtara boshlaydi. 
Yosh Antuan Nafis san‘at akademiyasining aixitektura fakultetiga o‗qishga kiradi, 
biroq insonning hayotdagi o‗rni haqidagi fikrlar uni aslo tark etmaydi, zero, Antuan o‗z 
hayotini aniq bir sohaga bag‗ishlamoqchi, insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga 
qo‗l urmoqchi edi. 1921-yili u arxitektura fakultetini tark etadi va Fransiya harbiy havo 
kuchlari safiga xizmatga kiradi. 
1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yil bo‗ldi. Shu yili u «Latiko-Yeуg» 
havo kompaniyasiga ishga kirib o‗zi sevgan mashg‗ulot bilan shug‗ullana boshlaydi. Shu 
kundan boshlab to umrining oxirigacha Sent-Ekzyuperi uchuvchi bo‗lib qoladi. Sent-
Ekzyuperi Yevropaning, Afrika va Lotin Amerikasining turli burchaklariga uchar, yuk va 
yo‗lovchilarni tashir edi. Keyinchalik u G‗arbiy Saxara (hozirgi Mavritaniya)ning Kap-
Jubi shahri aeroporti boshlig‗i, so‗ngra bir fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi 
bo‗limi boshlig‗i lavozimlarida ishladi. 
1943-yili Antuan de Sent-Ekzyuperi yana jangovar safga qaytadi. Fransiyaning 
Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o‗lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi. 1944-yil 31-
iyulda so‗nggi parvozga chiqqanida Antuan de Sent-Ekzyuperining samolyotini fashist 


446 
qiruvchisi urib tushiradi. Bu mudhish voqea uning jonajon vatani Fransiya ozodlikka 
erishishiga atigi uch hafta qolganda yuz berdi. 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling