Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ijodiy faoliyati 
I. Hikoyalari 

«Uchuvchi» 

«Harbiy uchuvchi» 
II. Qissasi 

«Kichkina shahzoda» (1943) 
«Kichkina shahzoda» ertak-qissasi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik 
asarlaridan biri bo‗lsa ham, unda adibning inson hayotining ma‘nosi va mazmuni haqidagi 
dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‗rtasidagi do‗stlik, birodarlik, hamdardlik va 
o‗zaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g‗oyalari aks 
ettirilgan. 
Adibning kasbi uchuvchilik ekanini bilasiz. Asarda tasvirlanishicha, navbatdagi 
parvozlarning birida uning samolyoti buzilib, kimsasiz Sahroyi Kabirga (Afrikadagi ulkan 
cho‗lga!) qo‗nishga majbur bo‗ladi. Huvullab yotgan sahroda tong saharda uning tepasida 
bir g‗aroyib bola paydo bo‗ladi. Keyinroq ma‘lum bo‗lishicha, bu tillarang sochli
qo‗ng‗iroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir o‗zi yashar, bir yil muqaddam 
sayyoralararo sayohatga chiqib, nihoyat, Yer sayyorasiga kelib qolgan ekan. U uchuvchi 
amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan 
charchamasdi (o‘zbek kinorejissyori Zulfiqor Musoqovning «Abdullajon» filmida ham 
shunday epizodlar uchraydi). 
Muallif «Kichkina shahzoda» deb nom qo‗ygan bu bolaning aytishicha, uning 
sayyorasi (B-612)da baobab deb nomlanadigan xavfli bir daraxt urug‗i nihoyatda ko‗p 
ekan. Shahzoda har tongni endigina urug‗dan chiqqan baobab ko‗chatlarini yulib, o‗z 
sayyorasini tozalash bilan boshlarkan. U to Yerga kelgunga qadar bir necha sayyoralarni 
o‗rganibdi. Ularning birida yakka-yolg‘iz qirol, boshqasida shuhratparast bir kimsa
keyingi sayyoralarda esa piyonista, korchalon, xonadan chiqmay yostiqday-yostiqday 
kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chirog‘bonni 


447 
uchratibdi. Shuningdek, kichkina shahzoda Yerda ham talay mavjudot bilan muloqotda 
bo‗ladi. Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar shular jumlasidandir. 
«Kichkina shahzoda»da yozuvchining «dardli diliga yupanch beradigan» mo‗jiza 
bor edi, bu asarning uchuvchidan boshqa deyarli barcha qahramonlari (ular esa goh 
inson, goh hayvon, goh o‘simlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy xarakterga ega 
ekanligidadir. Adabiy asarlarda hayotning o‗zgarmas qonunlariga xos bo‗lgan azaliy 
sifatlarni o‗zida umumlashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an‘anasi mavjuddir. 
Yozuvchi alohida nom qo‗ymay, 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilagan bu 
asteroidlar aslida odamlarga xos bo‗lgan fazilat va nuqsonlardir. Piyonista yashaydigan 
sayyorada (demak, shu xavfli kasallikka mubtalo bo‘lgan insonlar qalbida!) kechgan 
suhbat quyidagicha: 
Nima qilyapsan? – deb so‘radi Kichkina shahzoda. 
Ichyapman, – dedi piyonista xo‘mrayib. 
Nega? 
Unutmoqchiman. 
Nimani? – deb so‘radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib. 
Shu ishimning uyatligini, – dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi. 
Qaysi ishing? – deb so‘radi Kichkina shahzoda boyoqishga yordam berishni jon-
dilidan istab. 
Ichishim uyat! – dedi piyonista va qaytib og‘iz ochmadi. 
Anchadan so‘ng Kichkina shahzoda lol-u hayron bo‘lib tag‘in 
yo‘lga tushdi. 
«Nа, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati xalq», – deb xayolidan kechirdi yo‘lida 
davom etarkan». 
Kichkina shahzoda xuddi shu tarzda qirol, shuhratparast, korchalon (byurokrat), 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling