Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
«Shahzoda Plombir». Asar syujeti. Sinyor Molteni kreditga «Qo‗shaloq qutb» firmasidan
olgan xolodilnigi qarzining ikki oyligini to‗lay olmay turganida, uning qo‗shnisi sinyora Sandrella «Pingvin» xolodilnigi ichini o‗zga sayyoralik mitti odamchalar egallab olganiga guvoh bo‗ladi. Ular sayyoralararo uchadigan kemasining yoqilg‗isi tugab qolgani uchun Yerga qo‗ngan edilar. Qor ular uchun yoqilg‗i vazifasini o‗tagani uchun qor yog‗ishini kutayotgan edilar. Sinyor Molteni bundan quvonadi, chunki uning xolodilnigini o‗zga sayyoraliklarning shahzodasi Plombir makon tutgan edi. Natijada «Qo‗shaloq qutb» firmasi uni kutishga majbur bo‗ladi. Shahzoda Plombir mashhur bo‗lib ketadi va uni hamma sevib qoladi. Nihoyat, qor yog‗adi va plombirlar uchib ketishlari oldidan shahzoda o‗z bayonotida «Qo‗shaloq qutb» firmasi xolodilniklarini quyosh sistemasidagi eng yaxshi xolodilnik deb e‘lon qiladi. Bu reklamadan so‗ng firma sinyor Moltenidan qarzlarni ham kechib, xolodilnik pulini ham talab qilmaydi. Xulosa: mazkur ertakka Janni Rodari reklamaning ajabtovur xususiyatini asos qilib olgan. «Telefonda aytilgan ertaklar» turkumidan «Qutbdagi gunafsha». Asar syujeti. Shimoliy qutbda gunafsha ochilib, hamma hayvonlarning diqqatini tortadi. Gulning hidini birinchi bo‗lib katta oq ayiq his qiladi. Jami hayvonlar kelib gulni hayrat bilan tomosha qilishadi. Bu gul haqida xabar olib kelish uchun chaykani janubga yuborishadi. Chayka gunafshaning u borgan joyda o‗sib yotganini aytadi. Bunga hayvonlar, ayniqsa, tyulen e‘tiroz bildiradi. Kechqurun shimoliy qutbda shovqin-suron bo‗ladi va tongda gunafsha so‗lib qoladi. 453 Xulosa: yaxshi ishlarni kimdir boshlashi kerak. Boshlanish qurbonlik talab qilsa-da, bu xayrli ish, albatta, davom etadi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling