Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

 
III. Tarjimalari 


387 
Abdulla Oripov Dantening «Ilohiy komediya» («Do‗zax» qismini), L.Ukrainka, 
T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliyev, R.Hamzatov singari shoirlarning asarlarini 
o‗zbekchaga o‗girgan.
She’rlaridan namunalar 

«Dorboz» 
Bulutlarga yondosh, osmon ostida 
Kiprikdagi yoshday turibdi dorboz. 
Qilichning damiday arqon ustida 
Ko‘zlarini yumib yuribdi dorboz. 
 

 «Temir odam» 
Bir haykal turibdi,U – Robot emish, 
Temirdan yasalgan, odam timsoli, 
Ilmda eng so‘nggi kashfiyot emish, 
Aqlli zot emish, qusurdan xoli… 
…Temir odam yasab yurguncha ko‘proq 
«Jonli temir»larni o‘ylangiz, ustoz. 
 

«Tilla baliqcha» 
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni 
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. 
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni, 
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar. 
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha 
Va mudroq tollarning achchiq xazoni. 
Menga alam qilar, tilla baliqcha 
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni... 
 


388 

«Men anglab yetgan falsafa» 
Bozorga o‘xshaydi, asli, bu dunyo, 
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. 
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo 
Molim yomon degan biror kimsani. 
 

«Sen bahorni sog‘inmadingmi?»
Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim, 
Topay dedim qirdan izingni. 
Yonog‘ingdan rang olgan dedim – 
Lolazorga burdim yuzimni, 
Uchratmadim ammo o‘zingni, 
Sen bahorni sog‘inmadingmi? 
 

Bahor kunlarida kuzning havosi, 
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g‘amgin nayning navosi,
Nega qalbim to‘la o‘kinch va malol?
 

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov. 
 

Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun
Turnalar tovushin tinglardim faqat (pokiza yoshlik davri). 
 

Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening orzularim, mening o‘ylarim (o‗zbek xalqining yig‗ma obrazi). 
 


389 

Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida,
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar,
Quyoshning erinchak yog‘dularida
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar (vatan timsoli). 
 

Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa,
Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut. 

Qizg‘aldoq bargidek uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim (quvonch va g‗amning birgalikdagi tasviri) 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling