Diniy dunyokarashlarning urta asrlardagi ilm fanga kushgan xissasasi


Shunday qilib, arablar qisqa muddat ichida Movaraunnahr hududlarini bosib oldilar-ki, buning sabablari quyidagicha edi


Download 78 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1172934
1   2   3
Bog'liq
Diniy dunyokarashlarning urta asrlardagi ilm fanga kushgan xissasasi

Shunday qilib, arablar qisqa muddat ichida Movaraunnahr hududlarini bosib oldilar-ki, buning sabablari quyidagicha edi:

  1. O’lkada hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va mahalliy hukmdorlarning o’zaro kurashlari arablarga juda qo’l kelgan edi. Chunki, parokanda va siyosiy jihatdan tarqoq hududlarni alohida-alohida zabt etish Qutayba uchun qulay edi.

  2. O’zaro birlashish harakatida bo’lgan va ittifoqchilik uchun harakat qilgan mahalliy hokimlar orasiga Qutayba turli nayranglar bilan rahna solishga erishgan edi.

  3. Arablar o’zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini engishi uchun yordam ko’rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin buysundirdilar. Misol uchun, Sug’dni zabt etishda Qutayba arab qo’shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.

  4. Arablar Movarounnahrga qadar juda katta hududlarni bosib olgan bo’lib, katta boylik va harbiy zahiralarga ega edilar.

Arablar qo’shiniga muntazam ravishda bosib olingan erlar va ichki viloyatlardan yangi harbiy kuchlar safarbar kilinib turilar edi.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arablarning O’rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo’lib, bu erdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VIII asrning o’rtalari va oxirlariga kelib Movaraunnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo’lingan edi. Bu davrda Movaraunnahrda Sug’d, Shosh, Farg’ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston qabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig’ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g’oyalarini aholi o’rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo’lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo’lgan.
Arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqsho’nosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni karim va Hadisi sharifga hamda fikhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko’p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo’ladi. Qutayba singari uni bosqinchilik va zo’ravonlik bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom moxiyatiga etilgachgina unga rag’bat va e’tiqod kuchayib ketadi. Olik-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Bu o’rinda islom dinining xakparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.

XULOSA
Buyuk matematik, astronom va geograf. "Xozirgi zamon algebrasining otasi " Muxammad al- Xorazmiy VIII asr oxiri - IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. U arifmetika, algebra, falakiyot, xandasa, jugrofiya, tarix va boshka fanlar buyicha jiddiy ilmiy kuzatishlar olib bordi. Olimning "Al-kitob al -muxtasar fi xisob al -jabr val - mukobala" (Aljabr mukobala xisobi xakida kiskacha kitob), "Zij fi ila al-falak" al-arz" ("Ert surati") singari unlab asarlari jaxon ilm xazinasini boyitdi.


Al-Xorazmiyning arifmetik va algebraik asarlari matematika tarixida yangi davrni - urta asarlar matematikasi davrini boshlab berdi va matematikaning keyingi asrlardagi rivojlanishiga bekiyos ta’sir kursatdi. Ular kupla tadkikotlar uchun tayanch vazifasini utadi : ularni kuplab mualliflar sharxladi va ularning kismlari boshka asarlar tarkibiga kirdi: asrlar davomida bir necha avlodlar matematik ma’lumotlarni shu asarlardan oldi.
Uzining arifmetik asarida Al-Xorazmiy arab tilida birinchi bulib unlik pozitsion xisoblash sistemasini va unga asoslangan amallarning bayonini keltirdi.
Al-Xorazmiyning algebraik risolasi uning arifmetik risolasidan avval yozilgan. Risolaninng tarjimamizga asos bulgan 1342 yili kuchirilgan va Oksford dorilfununining Bodleyan kutubxonasida saklanadigan arabcha nusxasi 34 varakni tashkil kiladi.
Xorazmiy yassi shakllardan uchburchaklar, turtburchaklar va utkir burchakli va utmas burchali uchburchaklar bilan ish kuradi. Ularni aniklash uchug Xorazmiy ularning katta tomonining kvadrati bilan kolgan ikki tomoni kvadratlarining yigindisi orasidagi tegishli tenglik yoki tengsizlikni keltiradi. U yana tugri prizma, tsilindr, piramida, konus xamda balandligi va asoslari ma’lum kvadratdan iborat kesik piramidaning xajmlarini topish koidalarini xam keltiradi. Bu keyingi xajmni u ikkita tulik piramida xajmlarining ayirmasi deb karaydi va avval ularning balandliklarini aniklaydi.
Al-Xorazmiy algebrasining fan tarixidagi roli nixoyatda ulkandir. Algebradan u boshlab bergan yunalishni keyingi davr matematiklari davom ettirib, yukori pogonalarga kutardilar. Umar Xayyom Xorazmiy boshlab bergan algebradagi yunalishni davom etti-rib, geometrik algebra usulini yanada chukur urganib takomillashtir-di. U konus kesimlar yordamida kubik tenglamalarni echish usulini Shark algebrasiga kiritadi va tenglamalarning Xorazmiydan tula tasniflanishini keltiradi. Xorazmiyda kanonik kurinishlar 6 ta bulgan bulsa, Umar Xayyom ularni, kubi tenglamalar xisobiga, 25 taga etkazadi. Mashxur matematik va astronom Jamshid Koshiy (XIV -XV asr) esa uzining 1427 yilda yozilgan "Miftox al-xisob" nomli asarida bu usulni yanada takomillashtiradi.
Xulosa kilib aytganda, Al-Xorazmiy ning ilmiy merosi fakatgina ilm dorulfunini uchun emas, balki xozirgi ta’lim tarbiya, ma’rifiy - madaniy maktablar tarakkiyotida juda katta axamiyatga egadir.
Abul Abbos ibn Muxammad ibn Kasir al-Fargoniy komusiy olim Muxammad al-Xorazmiyning zamondoshidir.
Axmad Fargoniy va uning ilmiy maslakdoshlari sayyoralarning koinotda joylashishi, yulduzlarning sirlari, shuingdek ularning xarakat kilish konuniyatlariga oid tekshirishlar bilan mashgul bulishdi.
U falakkiyot ilmi bilan muttasil shugullandi va kator ilmiy nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining dikkat e’tiborini tortdi. Olimning "Ktobu amal ar-Ruxomot"," Kitobu ilal - al aflok" (Falakda buladigan sabablar xakida kitob), "Al-maxdal ila ilmi xay’at al-aflok va an nujum" (Falakkiyot va ilmi nujum faniga kirish) singari risolalari shular jumlasidandir.


Adabiyotlar.


1. Kudryavtsev P.S. Kurs istorii fiziki". M. 1982 g.
2. Irisov va boshk. "Urta Osiyolik yirik olimlar", T. "Fan". 1976 y.
3. Dororman Ya.G., "Vsemirnaya istoriya fiziki". M. "Nauka". 1974 g.
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling