Diniy dunyokarashlarning urta asrlardagi ilm fanga kushgan xissasasi


Download 78 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1172934
1   2   3
Bog'liq
Diniy dunyokarashlarning urta asrlardagi ilm fanga kushgan xissasasi

Ilk urta asrlar – V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bulgan davrni uz ichiga oladi. Bu davr feodal tuzumining tashkil topishi, feodal jamiyatining asosiy iktisodiy xujayrasi bulgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabakalarining va feodal ierarxiyasi deb atalgan ierarxiyaning tashkil topishi, urta asr feodal Evropasida asosiy mafkuraviy kuch bulgan katolik cherkovi ta’sirining butun Garbiy Evropaga yoyilishi davridir.

  • Urta asrlarning ravnaki – XI-XV asr urtalarini uz ichiga oladi. Bu davrda feodal ishlab chikarish usuli kishlokda tula rivojlanibgina kolmay, balki tsex xunarmandchiligiga va uziga xos shaxar ijtimoiy tuzumiga ega bulgan urta asr shaxarlari xam rivojlanib, muvaffakiyatlarga erishdi. Bu tuzumning xususiyati shaxarlarning feodallar xukmronligidan ilk xalos bulishi, erkin shaxar deb atalgan shaxarlarning yoki respublika-shaxarlarning vujudga kelishidir. Urta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarkoklikka karama-karshi ularok, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi, shu bilan birga kirol xokimiyatining obru-e’tibori oshdi, tabakalar vakilligi muassasalari vujudga keldi, tabakali monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashkil topdi. Dexkonlarning feodalizm chiriy boshlaganligi okibatida kutarilayotgan kuchli kuzgolonlari XIV va XV asrlardagi Garbiy Evropa jamiyatini larzaga keltirdi, bu kuzgolonlar kupincha shaxarlardagi pastki tabaka elementlar – plebeylar xarakati bilan kushilib ketgan edi.

  • Keyingi urta asrlar – XVI asrni va XVII asr birinchi yarmini uz ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining etilishi davridir. Asosan mustakil ishlab chikaruvchilarni ishlab chikarish vositalaridan maxrum kilishdan, ya’ni mexnatkashlarning ishlab chikarish vositalarini ekspropriatsiya kilishdan iborat bulgan dastlabki jamgarish davri deb atalgan davrdir. Evropa reformatsiyasi deb atalgan davrdir, dexkonlarning XIV va XV asrlardagiga karaganda yanada kuchlirok kuzgolonlari (dexkon urushlari) va ilk burjua inkiloblari davridir. Bu davrda Evropada davlatning asosiy siyosiy formasi absolyutizm bulib, bu absolyutizm xalk ommasining kurashini bostirish uchun markazlashgan xokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bulgan dvoryanlarga tayanar edi xamda xokimiyatni tugridan – tugri uz kuliga olish uchun xalk etarli darajada kuchli bulmagan burjuaziya bilan xam ittifokda edi.

    Tarixiy manbalar deganda biz inson faoliyati yoki uning ta’siri natijasida yaratilgan barcha ashyolarni tushunamiz. Jaxondagi kupgina tarix muzeylarida urta asrlar davriga oid yodgorliklar, mexnat kurollari, kurol-yaroglar, tanga-chakalar, kiyim–kechaklar, uy jixozlari va idishlar saklanmokda. Xozirgi kunga kadar Evropa, Osie, Afrika va Amerikaning kuxna shaxarlarida feodalizm davriga oid kuplab uy – joylarni, butun-butun maxallalarni, kal’a devorlari va minoralarni, ajoiyb ibodatxonalaru, me’morchilik san’atining boshka durdonalarini kurishimiz mumkin.


    Asheviy manbalarning nakadar muxim axamiyatga ega ekanligini albatta inkor etib bulmaydi. Lekin shu bilan birgalikda biz feodal jamiyat tarixini, madaniyatini, xalkning axvoli va turmushini urganishni yozma tarixiy manbalarsiz tasavvur kila olmaymiz. Bu xildagi manbalar dunyodagi barcha mamlakatlar xujjatxonalarida – arxivlarda saklanmokda.
    Urta asrlar tarixiga oid yozma manbalarni uch turga bulishimiz mumkin:

    1. Tarixiy yilnoma va kissalar. Ularda kupincha siyosiy vokealar uz aksini topgan bulib, xalkning kundalik xayoti nisbatan kam tasvirlangan.

    2. Xujjatlar Ijtimoiy-iktisodiy, xukukiy va siyosiy xayotni yurituvchi xujjatlar, shuningdek jarimalar, soliklar, boshkaruv va sud faoliyatlari bilan boglik bulgan yozma manbalardan tashkil topgan.

    3. Konunchilik bilan boglik manbalar. Ular tuzilishi jixatidan xukukshunoslikka oiddir. Feodalizm davridagi mavjud konunlarga imperator, podsho yoki kirollar tomonidan kuplab uzgartirishlar kiritilgan, ularning xukmronligi faoliyatiga oid yozma manbalar xam shular jumlasiga kiradi.

    Rivojlangan feodal jamiyati davrida (XIII-XV asrlar) yozma manbalarning yangi turi, badiiy adabiyot shakllandi. Urta asrlarda Guttenberg tomonidan kitob bosish kashf etilgunga kadar (1445 y) ezilgan xamma xujjat va kitoblar kulyozma sifatida, xattotlar tomonidan yaratilgan. Va nixoyat san’at asarlari manbalarining uziga xos turi bulib, ular ustida aloxida tuxtalib utish lozim. Badiiy san’at asarlari, me’morchilik, rassomchilik, xaykaltaroshlik va amaliy san’at soxalaridagi ashyoviy manbalar iloxiy va oddiy insonlarning jonli siymolarini kuz oldimizda gavdalantiradi. Bizga davr ruxini, gam-tashvishlariyu kuvonchlarini etkazib beradi.
    Tarixchi olimlar yukorida kursatilgan xilma-xil manbalardan foydalanib, ularni kiyoslab, usha zamon kishilarining xayotini, kizikarli vokealar va butun bir tarixiy davrlarni izoxlab beradilar.

    VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida asosini ko’chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi paydo bo’ladi. Arabiston yarim orolida islom dinini yoyish orqali mustahkamlangan bu davlat VII asrning boshlaridan boshlab o’z hududlarini g’arb va Sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi. Xususan 642 yilda Naxavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor etilgach O’rta Osiyo erlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi.


    Arablarning O’rta Osiyoga dastlabki yurishlar Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651 yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayxun)dan shimolda joylashgan erlarga "Movarounnahr", ya’ni, "daryoning ortidagi erlar" deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan ma’lumotlarga ko’ra, Muhammad payg’ambarning shaxsan o’zi Movaraunnahrni buysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan.
    652 yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo’ldilar. O’sha yili Amudaryodan o’tib Movaraunnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652 yilda Chag’aniyonni egallashga muvaffaq bo’ldi. Bu esa ilk bor Movaraunnahr erlarini egallash edi. 654 yilda Sug’ddagi Maymurg’ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo’ladi. 657 yilda arablar Chag’aniyonga qayta yurish qilib eftalitlarga kuchli zarbalar berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Manbalarning ma’lumot berishicha, Movarounnaxrga yurish qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri, xalifalikning Basra va Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko’chirib keltirilishi va Xurosonning turli shaharlariga garnizon sifatida joylashtirilishi bo’ldi.
    673 yilning oxiri - 674 yilning boshlarida arablarning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Movaraunnahrga hujum qilib Romiton va Poykandni egallaydi hamda Buxoro shahrini qamal qiladi. Ammo, buxoroliklar va turklarning ittifoqchi qo’shinlaridan qattiq qarshilikka uchragach, sulh tuzishga majbur bo’ladi.
    676 yilda Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon Buxoroga yurish qilib Buxoro malikasi Xutakxoto’n qo’shinlarini tor-mor etadi va Samarqandga hujum boshlaydi. Ammo, bir oy davom etgan bu urushda Sug’diylar arablarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Natijada arablar sulh to’zib orqaga qaytadilar va yo’l-yo’lakay Termizni talon-taroj etadilar. 683 yilda xalifa Yazid vafot etganidan so’ng xalifalikda toj-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movaraunnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib qoladilar. Xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705 yy.) davrida o’zaro ichki kurashlarga chek qo’yilib arablar Movaraunnahrga jiddiy harbiy xarakatlar boshladilar.
    Umuman olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod qabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar talon-taroj qilish, o’lkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni o’rganish, boyliklarini olib ketish maqsadida uyushtirilgan edi. 705 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movaraunnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qo’l kelgan edi. 706 yilda u katta qo’shin bilan Movaraunnahrga yurish boshladi va Poykand shaxri 15 kunlik kamaldan so’ng egallandi.
    Arablarga qarshi turklar, Sug’diylar umuman, mahalliy aholi o’zaro ittifoq tuzishga erishgan bo’lsa-da, Qutayba nayrang yo’li bilan bu ittifoqni bo’zishga muvaffaq, bo’ldi va 708-709 yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar qilib Buxoroni zabt etdi. Qutayba 710 yilda Shuman, Nasaf va Keshni egalladi. 710-712 yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh Xurzod Qutayba bilan tinchlik sulhi to’zib unga yirik mikdorda boj to’laydilar.
    Ammo, Samarqand aholisining tovon to’lashga qarshilik ko’rsatishi, norozilik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va o’limi, Sug’d podshosi va Samarqand afshini sifatida Gurakning taxtga o’tirishi arablarning Samarqandga hujumlari uchun bahona bo’lgan edi. Shuningdek, Qutayba "Tarxunning o’limi uchun qasd olaman", deb e’lon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712 yilda uni bosib oldi. Mug’ tog’i hujjatlarining ma’lumot berishicha, 712-713 yillarda Sug’d, Choch, Farg’ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq to’zib vaqtincha g’alabalarga erishgan bo’lsa-da, Qutayba bu ittifoqka rahna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. 714 yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to’xtatib qo’yish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi. 715 yilda Qutayba Farg’onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi. Shu yili Qutayba o’ziga dushman bo’lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon kutaradi va mag’lubiyatga uchrab, o’ldiriladi.

    Download 78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling