Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Tasavvuf ilmi rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Bun-yodkorlik va bag’rikenglik an’analarining takomillashuvi


Download 1.03 Mb.
bet5/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Tasavvuf ilmi rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Bun-yodkorlik va bag’rikenglik an’analarining takomillashuvi. Tasav-vufga asos bo`lgan tarkidunechilik kayfiyatlari islom bilan deyarli bir davrda yuzaga keldi. Abu-d-Dardo, Abu Zarr al-G’iforiy, Huzayfa kabi sah’obalar sufiylikning ilk namoyandalari h’isob-lanadi. Sufiylikning islomdagi mistik-asketik oqim sifatida shakllanishi VIII—IX asrlarga tegishli. Bu davrda sufiy yoki ta-savvuf atamalari h’ali keng tarqalmagan va uning o`rnida zuxd (tarkidunyochilik) yoki zoh’id, obid so`zlari ishlatilar edi.
Tasavvufning paydo bo`lishi va taraqqiy etishiga zamin yaratgan omillar qatorida o`sha davr musulmon jamiyatlaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, diniy h’ayotning murakkabligi va uning natija-sida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy izlanish h’amda boshqa dinlar-ning, xususan, xristianlikningta’sirini ko`rsatish mumkin.
Sufiylik ta’limoti mu’taziliylardagi iloh’iyotga oid mav-h’um fikrlar, obro`li shaxslarga ko`r-ko`rona taqlid qilish, mu-qaddas matnlarga so`zma-so`z itoat etishdan farqli o`laroq, in-songa asosiy ob’ekt sifatida qaraydi. Xususan, insonning amallarini boshqaradigan ruh’oniyatining mayda qirralarini h’am chuqur taxlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy h’aqiqatlarni chuqur h’is etish, Alloh’ga bo`lgan sof muh’abbat, unga yaqinlashishga bo`lgan intilish ularga xos xususi-yatlardan edi. Shuning uchun h’am, ziyrak psixolog, «qalblar va fikrlar ilmi» («ilm al-qulub val-xavotir»)ga asos solgan Hasan Basriy (vaf. 728) sufiylikningasoschilaridan h’isoblanadi.
IX asr davomida Basra, Bag’dod va Xuroson sufiylari orasida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in h’arakatlar davom etdi eng nufuzli maktablar yuzaga keldi. Sufiyning «ah’vol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berildi-Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiy bosib o`tganida «dune sutsoh’korligidan» poklanib, iloh’iyotga yaqinlashishiga sabab bo`la-digan yo`l (tariq) belgilab berildi.
Tasavvufda Alloh’ga etishish faqatgina yuzini ko`rish bilan eMas, unga qo`shilib ketish (fano/baqo) bilan bo`lishi xam mum-1SIN degan fikr ilgari surildi. Insonning Xudo bilan qo`shi-
ketishi h’aqidagi g’oyalarni ilgari surib, «Anal-h’aq» (Men , ya’ni xudoman) degan Mansur Xalloj kabi kishilarning qatl etilishi esa boshqa sufiylarni xushyorlikka - shariat che-rarasidan chiqmay faoliyat yuritishga chaqirdi.
X asr oxiri XI asr Tusiy (vaf. 988), Kalabodiy (vaf. 990 yoki 995), Abu Tolib Makkiy (vaf. 998), Sulamiy (vaf. 1021) kabilar o`z asarlarida tasavvufga doir bilimlarni tartibga soldilar. Tasavvuf ta’limotining islomdagi yo`nalish sifatida tan oli-nishida esa Abu Xomid G’azoliy (vaf. 1111), Abdulqodir Jilo-niy (vaf. 1161) kabi ulamolarning xizmatlari katta bo`ldi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling