Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
-mavzu. Demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish-O`zbekiston taraqqiyotini ta’minlashning ustuvoriy yo`nalishi
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keng qamrovli isloh’otlar — jamiyat barqaror rivojlanishi- ning asosiy omili.
14-mavzu. Demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish-O`zbekiston taraqqiyotini ta’minlashning ustuvoriy yo`nalishi
Reja: 1. Keng qamrovli isloh’otlar — jamiyat barqaror rivojlanishi-ning asosiy omili. 2. Demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish. Keng qamrovli isloh’otlar — jamiyat barqaror rivojlanishi-ning asosiy omili. Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijti-moiy h’ayotning barcha soh’alarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshiriladigan isloxrtlar muh’im axamiyatga ega bo`lib, tub, sifatiy o`zgarishlarning asosini tashkil etadi. O`zbekis-tonda bunday isloh’otlar respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan batafsil bayon qilingan iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh isloxrtchiligi, jamiyat h’ayotining barcha soh’alarida qonunning ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyo-sat yuritish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishdek besh ta.moyilga asoslanadi. Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, bu yo`nalishda katta yutuklarga erishildi. Xalqaro andozalarga javob beradigan va milliy o`zli-gimizni aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O`zbekis-ton inson h’uquklarini ta’minlashga qaratilgan, jah’on miqyo-siDs1 e’tirof etilgan ko`plab xalqaro deklaratsiya, konventsiya va h’ujjatlarga qo`shildi va shundan kelib chiqadigan siyosiy va h’uquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida va h’uquqiy me’yoriy tizimni rivojlantirish jarayonida inobatga olinmokda. Lekin bu borada h’ali muayyan muammolar h’am mavjud. Chunki qisqa vaqt mobaynida bunday h’ar tomonlama va chuqur o`zgarishlarni amalga oshirish juda qiyin. Ayni paytda, inson h’uquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib, ri-vojlanib borayotganini va h’ar bir mamlakatda o`ziga xos tarzda namoyon bo`layotganini ta’kidlash zarur. Barcha rivojlangan davlatlar demokratiya, insonparvarlik va dunyoviylik tamoyillariga amal qiladi. Ularda vijdon erkinligi h’uquqiy kafolatlangan bo`lib, bag’rikenglik h’al qiluv-chi tamoyil sifatida e’tirof etiladi. Tolerantlik (bag’rikenglik) munosabati barcha ijtimoiy gu-ruxlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan takdirdagina dunyo-viy davlat va jamiyat barpo etilishi mumkin. Shu sababli inson h’uquq va erkinliklari, o`zligini anglashi va namoyon qilishi-ni ta’minlash dunyoviy demokratik davllgg qurishning asosiy shartlaridan biri h’isoblanadi. Shunday ekan, dunyoviy davlatni o`z ideali tarkibiga asos qilib qabul qilmaydigan ijtimoiy guruh’lar, siyosiy partiyalar davlat h’okimiyatiga erishish uchun bo`ladigan demokratik, ko`ppartiyaviy raqobatda qatnashish h’uquqiga ega bo`lmasligi kerak. Aks h’olda, insonparvarlik ta-moyili buzilishi uchun «qonuniy» yo`l sak/shnib krlgan bo`ladi. Bunday vaziyatningyorqin misoli sifatida Jazoirda yuzaga kel-gan fojiali voqelikni ko`rsatish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiyalar h’amda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jah’on h’uquqshunoslik fani tajribasi asosida qabul qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo`lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir. Jamiyat barqarorligiga to`siqbo`luvchi illatlarning yana biri terrorizmdir. Nega inson uni dunyoga keltirgan Ona Yurti, Va-tani, millatiga qarshi chiqadi? Nega g’ayriinsoniy faoliyat yuritib, o`z yurtdoshlarini o`ldiradi, butun xalq meh’nati bilan yaRatilgan binolarni, inshootlarni vayron qiladi? Bunday vah’-shiyona faoliyat ko`pincha siyosiy maqsadlarda - xrkimiyatni egal-lash uchun amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bozor iqtisodiyotini shakl-lantirishda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, dunyo-viy demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishga qaratilgan siyosiy-h’uquqiy h’amda vatanparvarlik, mil-liy istikdol g’oyasi va komil insonni shakllantirishga yo`nal-tirilgan ma’naviy-ma’rifiy isloh’otlar — yuqoridagi kabi h’olatlarning oldini olish, barqaror rivojlanishining asosiy omillari h’isoblanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling