Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash. Marka-ziy Osiyo davlatlari o`z mustaqilligiga erishganlaridan so`ng xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ularning h’ar biri uchun birlamchi masalaga aylandi. Mintaqa ah’olisining qariyb 45 fo-izi yashaydigan O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik res-publikadir. Respublikamizning jah’on geosiyosiy tizimidagi o`rni va geostrategik saloh’iyati uning Markaziy Osiyo mintaqa-sida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi mavqeining o`ziga xosligini ko`rsatadi. Shundan kelib chiqib, O`zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi xavf-larga qarshi kurashga Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan jid-diy e’tibor qaratilishiga o`z h’issasini qo`shib kelmokda.
Jumladan, Afg’oniston va Tojikistondagi o`ta murakkab va-ziyat mintaqa xavfsizligi uchun jiddiy taxdid ekanidan kelib chiqib, O`zbekiston rah’bariyati ularni h’al qilishda ishtirok etishga aloh’ida e’tibor qaratdi. Bugungi kunda ushbu mamlakatlarda u yoki bu darajada barqarorlikka erishilgan ekan, bunda O`zbekis-tonning salmokli ijobiy h’issasi bo`lganini ta’kidlash zarur. 2002 yilning oktabr oyida BMT va EXh’T bilan h’amkorlikda «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustah’kamlash: narkotik moddalarning g’ayriqonuniy aylanishi, uyushgan jino-yatchilik va terrorizmga qarshi kurashda h’amkorlik» mavzuida Tosh-kentda o`tkazilgan xalqaro konferentsiya h’am bu yo`nalishdagi ish- lar ko`lamidan dalolat beradi. 70 ta mamlakat va 40 ta xalqaro tashkilotdan ekspertlar ishtirok etgan mazkur anjuman xalqaro terrorizmga qarshi kurash strategiyasiga umumiy yondashuvlar bo-rasida amaliy takliflar tayyorladi. Markaziy Osiyo h’amkorligi tashkiloti doirasida h’am O`zbe-kiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o`zaro h’amkorlikda bartaraf etish bo`yicha qator tashab-buslar bilan chiqib, uni ro`yobga chiqarib kelmokda. 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O`zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va diniy ekst-remizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik h’amda tomonlarning bar-qarorligiga xavf tug’diradigan boshqa taxdidlarga qarshi ku-rashda h’amkorlikda h’arakat qilish h’aqida shartnoma imzolagani h’am buning isboti bo`la oladi. Ayni paytda, O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari tomonidan 2004 yili 19 noyabrda Buxoroda imzolangan bir qator shartnomalarda h’am ikki davlat orasidagi aloqalarni yanada mus-tah’kamlash h’amda Markaziy Osiyo mintaqasida terrorizm, nar-kobiznes va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda h’amkorlik h’am nazarda tutilganini qayd etish zarur. I.A.Karimov 1993 yilning 28 sentabrida BMT Bosh Assam-bleyasining48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli xudud yaratish borasidagi tashabbusni ilga-ri surgan edi. Diniy ekstremistlar va xvlqaro terrorchi kuchlar ommaviy qirg’in qurollariga ega bo`lishga intilayotgan h’ozirgi davrda yadro quroli yaratilishi uchun zarur bo`lgan materiallar tarqalmasligiga qaratilgan ushbu h’arakat BMT va jah’on h’amja-miyati tomonidan yuqori bah’olandi. BMT Bosh Assambleyasining 1997 yilning 9 dekabrida bo`lib o`tgan 52-sessiyasida «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli h’udud yaratish» to`g’risida rezolyu-Tsiya qabul qilindi. Qayd etilgan misollar, diniy ekstremizm, xalqaro terro-rizm, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilikning global, mintaqa-viy va milliy xavfsizlikka taxdid ekanini chuqur anglagan h’olda ilgari surayotgan tashabbuslari va amaliy faoliyati O`zbekiston-ning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muh’im bo`g’ini ekanidan dalolat beradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling