Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Yadroviy materiallarini o`g’irlash bilan bog’liq jinoyat


Download 1.03 Mb.
bet47/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Yadroviy materiallarini o`g’irlash bilan bog’liq jinoyat 1980 yil 3 martda qabul qilingan Yadroviy materialni h’imoya qilish h’aqidagi Konventsiyaga binoan xalqaro jinoyat h’isoblanadi. Unda ta’kidlanishicha, yadro texnikasi va yadroviy materiallar ishlab chiqarishning rivojlanishi oqibatida uni davlatlar, xalklar va atrof-muh’itga ziyon keltirish maqsadida o`g’irlash, noqonu-niy yo`l bilan qo`lga kiritish imkoniyati paydo bo`ldi.
Konventsiyada bunday jinoyat ob’ektlari, tarkibiy qismla-ri, ularni sodir etuvchilarini javobgarlikka tortysh tartib-lari belgilangan. Davlatlar:

  • h’ar qanday shaxsning o`limi yoki sog’lig’iga, shaxsiy mulkiga jiddiy zarar etishiga olib kelish mumkin bo`lgan yadroviy mate-rialni ishlab chiqarish, egalik qilish, foydalanish, birovga berish, ko`rinishini o`zgartirish, yo`q qilish yoki parchalash;

  • yadroviy materialni o`g’irlash yoki bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritish;

  • yadroviy materialni aldov yo`li bilan qo`lga kiritish yoki o`zlashtirish, qo`rqitish yoki boshqa shakldagi taxdid orqali uni berishga majbur qilish;

— yadroviy materiallarni yuqorida qayd etilgan maqsadda ishlatish bilan taxdid solish, davlat, uning yuridik yoki jis-moniy shaxslarini qo`rqitish orqali o`g’irlash kabi qonunbuzar-liklarni ruxsatsiz, qasddan sodir etilgan va javobgarlikka tortiluvchi h’arakatlar deb e’lon qildilar.
Yuqoridagi maqsadlarda amalga oshirilgan h’arakatlar va ularda ishtirok etish jinoyat h’isoblanadi. Bunday h’ollar yuz berganda h’ar qaysi davlat sodir etilgan h’uquqbuzarlikning ijtimoiy xavfliligi va u keltirib chiqargan oqibatlarning darajasiga qarab jazo belgilaydi.
Harbiy maqsadlarda ishlatiladigan yadroviy materiallar juda qattiqqo`riklanishini h’isobga olib, Konventsiya qoidalari faqat tinch maqsadlarda foydalaniladigan yadroviy materiallarga ta-alluklidir. Konventsiyaning 1-moddasida, tseziy, plutoniy, uran izotoplarining ayrim kontsentratsiyalari kabi yadroviy materi-allarning asosiy turlari sanab o`tilgan. Konventsiya yadroviy ma-teriallarni sakdash va tashish standartlarini belgilagan h’olda uning yuqori darajadagi h’imoyasini ta’minlaydi. Shunga qara-masdan, yadroviy materiallarni o`g’irlash h’ollari mavjud. Masa-lan, 1992 yil avgustda yirik jah’on axborot agentliklari Mos-kvada bir guruh’ fuqarolarning qo`lga olingani h’aqida xabar berdilar. Ular 3 kg h’ayot uchun o`ta xavfli bo`lgan tseziy - 137 izotopini 1,5 million dollarga sotishga uringanlar. Atom ener-giyasi bo`yicha xalqaro agentlik (MAGATE) esa 1993 yilda 600 dan ortiqyadroviy materiallar oldi-sottisi amalga oshirilga-nini qayd qilgan.
Qayd etilgan misollar h’am bunday h’arakatlarning naqadar
xatarli ekanini ko`rsatadi.
Yadroviy material o`g’irlangan, bosqinchilik yoki boshqa ko`ri-nishdagi noqonuniy h’arakatlar natijasida qo`lga kiritilganda yoki shunday h’arakatningreal xavfi bo`lganda Konventsiya ishti-rokchisi bo`lgan davlatlar o`z milliy qonunchiligidan kelib chi-qib h’amkorlik qiladilar va yordam so`rab murojaat qilgan dav-latga bunday materialni qaytarish va h’imoya qilishga ko`maklashadilar. Bunday jinoyat ekstraditsion jinoyat h’isobla-nadi va davlatlar yadroviy materiallarni h’imoya qilish to`g’risi-dagi Konventsiyani jinoyatchilarni berish uchun h’uquqiy asos si-fatida qarashlari mumkin.
Jinoyat davlatda yoki uning h’ududida qayd (registratsiya) Qilingan kema yoki samolyotda sodir etilganda yoki gumon qili-nayotgan jinoyatchi uning fuqarosi ekani aniqlanganda h’am dav-lat yurisdiktsiyasi qo`llaniladi. Boshqa konventsiyalarda bo`lgani kabi bu erda h’am gumon qilinayotgan jinoyatchi qaysi davlat h’udu-Dida bo`lsa, shu davlatning yurisdiktsiyasi amal qiladi.
O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 254-moddasi-Da radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchunjinoiy javobgarlik belgilangan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling