Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro h’amkorlik.
11-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-h’uquqiy asoslari
Reja: 1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro h’amkorlik. 2. Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy asoslari. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro h’amkorlik. Xalqaro terrorizm — eng og’ir jinoyat bo`lib, u uzoq davom etgan jarayonlarning h’osilasi h’isoblanadi. Unga qarshi kurashda davlatlararo h’amkorlikning yo`lga qo`yi-lishi o`tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo`lib o`tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag’ishlangan konferentsiya-da terrorizmning «Ah’olini dah’shatga solish va xar qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo`q qilish maqsadida biror bir vosi-tani qo`llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan edi. 1937 yilda 20 dan ortiqdavlatterrorizmning oldini olish va bunday h’arakatlar uchun jazolash h’aqidagi Konventsiyani im-zoladi. Unda terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxs-lar yoki ah’oli o`rtasida qo`rquvnikeltirib chiqarish maqsadini ko`zlagan jinoiy faoliyat» deya ta’riflangan edi. Davlat bosh-liklari, ularning h’uquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo`r bo`lgan kishilar, qayd etilgau*shaxslarning ayolla-ri h’ayoti, sog’lig’i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar etkazish, ommaviy xavf tug’dirish bilan odamlarni h’alok qilish niyatini ko`zlash, ko`zla-gan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog’ va portlov-chi moddalar sotib olish, sak/shsh va etkazib berish ana shunday jinoyatsirasiga kiritilgan edi. Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» h’aqidagi Konventsiyani imzoladi. Shunday bo`lsa-da, bu h’ujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo`yilmagan, terrorizmning ta’rifi esa h’ad-Dan tashqari kengayib ketgan edi. Yuqoridagi kabi qator kamchi-liklari tufayli nomlari zikr qilingan konventsiyalar zarur mikdordagi ratifikatsiyalarni to`play olmadi va kuchga kirmay Qolib ketdi. Shunga qaramay, ular bu soh’adagi davlatlararo h’am-Korlikka ozmi-ko`pmi ijobiy ta’sir ko`rsatgani shubh’asiz, albatta. Chunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda Foydalanildi. 1972 yilning may va sentabr oylarida sodir bo`lgan voqealar-dan keyin xalqaro h’amjamiyat bu dolzarb va xavfli xrdisaga yana o`z e’tiborini qaratdi. Terrorizm h’aqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi h’uquqiy aktlar ishlab chiqildi. O`nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko`p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to`qnashuvlar vaqtida terrorchilik h’arakatlarini qo`llash xalqaro gumanitar xuquqme’yorlariga, xususan, 1949 yilda imzo-langan Urush paytida oddiy fuqarolarni h’imoya kdlish h’aqidagi Jeneva Konventsiyasiga, 1977 yilda qabul qilingan Qo`shimcha protokollar qoidalariga ko`ra man etilgan. Urushdan keyingi davr terrorchilik guruxlarining son va si-fat jixdtidan o`sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «Shtern», «Irgun» (Isroil), «Yah’udiylarni h’imoya qilish ligasi» (AQSh), «Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo`lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora internatsional», «Butun dunyo natsional-sotsialistik itti-foqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalar ko`pchilikka ma’lum edi. Shuningdek, xrzirda dunyo-ning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruxlar mavjud. Jum-ladan, Evropada h’am «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Ar-miya fraksiyasi», «Jangari kommunistik guruxlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Frantsiya), «ETA» (Ispaniya) kabi ko`p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olib bormokda. Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta miq-dorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda h’am amalga oshirila boshlaganini ta’kidlash zarur. Natijada, nafa-qat xalqaro muh’ofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqa-rolar h’am jabr ko`ra boshladi. Ularga, ah’oli zich yashaydigan joy-lar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlarni kiritish mumkin. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro h’amkorlik alo-qalari kengayib bormokda. Jumladan, BMT h’uzurida xalqaro terrorizm bo`yicha tashkil etilgan Maxsus qo`mita terrorizm sabablarini o`rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug’ullanmokda. 1973 yilningdekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muh’ofazadan foydalanadigan shaxslar, jumladan, diplomatik agent-larga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazo-lash bo`yicha Konventsiyani qabul qildi. Uning 1-moddasIga muvofiq xorijiy mamlakatda bo`lib turgan davlat va h’uku boshlikdari, tashqi ishlar vaziri, ularga h’amroxlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muh’rfaza xuquqi bo`lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; h’ukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro muh’ofazada bo`ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan. Odam o`ldirish, o`g’irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug’dirgan h’olda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslar-ning transport vositalariga zo`ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; taxdid, qasd qilish va shunga o`xshash bosqinchi-likda ishtirok etishdek qasddan qilingan h’arakatlar esa xalq-aro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi. Terrorchini o`z xududida qo`lga olgan davlat amaldagi qonun-lariga ko`ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa dav-latga shu maqsadda tutib berish uchun zarur choralarni ko`radi. Ayni paytda, ko`rilgan choralar h’aqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum qiladi. Bunday jinoyatlar: jinoyat shu davlat h’ududida yoki shu davlatda ro`yxatga olingan transport vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshi- rilganda; gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo`lganda; jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro muxrfazadan foydalanadigan shaxsvy qarshi sodir etil- ganda davlatlarning yurisdiktsiyasi amalga oshiriladi. Qayd etilgan h’arakatlarga qarshi kurash bo`yicha siyosiy ke-lishuvlar Evropa xavfsizlik va xamkorlik Kengashi ishtirok-chilarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o`z ifodasini topgan. Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to`g’risidagi Amerika davlat-lari tashkiloti (1971 y.), Evropa davlatlari (1976 y.) va Janu-biy Osiyo mintaqaviy h’amkorligi assotsiatsiyasi (1987 y.) tomo-chidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konventsiya h’am mavjudligini qayd etish lozim. Shu bilan birga, Evropa iqtisodiy h’amjamiyati tarkibida TeRRorizm bo`yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo`mitasi h’am faoliyat ko`rsatayotganini ta’kidlash zarur. Ko`plab arab-musulmon davlatlari chki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998 yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo`yicha Arab bitimini qabul qilindiyu Fors ko`rfazidagi arab davlatlari h’amkorlik Kengashiga a’zo bo`lgan mamlakatlar h’am h’ozirda shunga o`xshash Bitimni yaratish ustida ishlamokdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bi-lan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo`llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubh’ali tadbirlarga pul yig’ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko`rilgan. Ko`plab qo`shni davlatlar bilan xavfsizlikni ta’minlash soh’asida bir qator bitimlar ratifikatsiya qilingan. Bu bitimlar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi. Bundan tashqari, Jazoirda teraktlardan aziyat chekkan fuqa-rolarga moddiy yordam ko`rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash qurboni bo`lganlarga tovon puli to`lash masalalariga ba~ g’ishlangan xujjatlar qabul qilingan. Biroqh’ali h’am xalqaro terrorizm tushunchasining moh’iyati, x,uquqiy tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona universal kelishuv h’am, xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi to`la ro`yxat h’am yo`q. Xalqaro bitimlarni tah’lil qilish: elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning missiyalari yoki vakolatxonalari shtab-kvartiralarini portlatish; mulkka zarar etkazish yoki yo`q qilish, odamlarni jaroh’at-lash va o`ldirish maqsadida ko`chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kas-biy faoliyat uchun mo`ljallangan binolarda sodir etiladigan qo`poruvchilik h’arakatlari; yuk, banderol, xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa nar-salarga portlovchi moslamalarni o`rnatib, qasddan foydalanish; jamoat binolariga nisbatan sodir etilgan xar qanday qo`po-ruvchilik h’arakati; xalqaro terrorchilik h’arakatlarini amalga oshirish maqsa-dida fitna uyushtirish va uning h’ar qanday ko`rinishida ishti-rok etishni xalqaro terrorchilik xurujlari qatoriga qo`shish imkonini beradi. Boshqa manbalarda esa, odamlarni garovga olish, qaroqchi-lik, fuqarolar aviatsiyasiga qarshi yo`naltirilgan h’odisa, shu-ningdek, yadroviy xom-ashyolarni noqonuniy qo`lga kiritish va ishlatish kabilar h’am xalqaro terrorchilik amaliyotlari qatori-ga kiritilgan. Xalqaro terrorizm katta xavf tug’dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli h’am davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus konventsiyalar qabul qilishda davom etmokdalar va bunday xurujlarni xalqaro ji-noyat deb ta’rif bermokdalar. Kishilik jamiyati rivojining h’ozirgi bosqichida terrorizm, jumladan, diniy-siyosiy moh’iyatga ega ekstremizm va terrorizm-ning globallashuvi, ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqe-likka aylanib borayotgani dunyo h’amjamiyatining mazkur muam-moga bo`lgan e’tiborini yanada oshirmoqda, unga bo`lgan munosabatini tubdan uzgartirmokda. Mazkur muammoning BMT, EXHT, NATO kabi nufuzli xal-qaro institutlar faoliyatidagi o`rni uzluksiz oshib bormokda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uningsamarasini oshirishga qaratilgan o`nlab h’uquqiy h’ujjatlar, shartnomalar, bitimlar, konventsiyalar qabul qilinmokda, tashkilotlar h’amda ijrotizimi yaratilmokda. Xususan, BMTXavfsizlik Kengashi-ningoxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qaror-lari mazkur muammoningturli qirralarini qamrab olgan bo`lib, dunyoningmutlaqko`pchilikdavlatlaritomonidan qizg’in qullab-quvvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo`llari izlanmoqda. MDHning Aksilterror markazi h’amda Shanxay HamkorlikTashkiloti tuzilmalari shunday institut-lardan bo`lib, ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko`p jih’atdan, O`zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir. Terrorizmga qarshi kurashning h’uquqts/1 asoslarini mustah’-kamlash bu kurashda ilg’or h’isoblangan mamlakatlar tajribasida h’am aloh’ida o`rin tutmokda. Masalan, 1958-1999 yillar davomi-da AQShda qabul qilingan 40 ta h’uquqiy x^ujjat u yoki bu dara-jadaterrorizmga qarshi kurashningh’uquqiy zaminini mustah’-kamlashni kuzlaydi. Ularning eng muh’imlari qatoriga maxsus «Prezidentdirektivasi» (1995 y.) va «Terrorizmga qarshi ku-rash h’aqidagi qonun»ni (1996 y.) kiritish mumkin. Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmdan katga talafot ko`ra-yotgan ayrim boshqa davlatlar, jumladan, Isroil, Rossiya, Misr va O`zbekiston xam ana shu yuldan bormoqda. Ushbu mamlakatlarda qabul qilinayop an qonunlar h’amda boshqa h’uquqiy h’ujjatlar te-gishli davlat idoralari, ayniqsa, h’uquqni muh’ofaza qilish mu-assasalariningtayyorlanayotgan qo`poruvchilikxurujlarini aniq-lash vaularningoldini olishdagi imkoniyatlarini kengaytirishni ko`zlaydi. Mazkur yo`nalishdagi xalqaro tajribaningamaliy na-tijalari maxsus aksilterror h’arbiy bo`linmalarini tuzish, alo-h’ida ah’amiyatga ega ob’ektlar, jumladan, yadroviy muassasalar, yirik suv h’avzalari, ommaviy jamoat joylari h’imoyasini kuchay-tirish, garovga olinganlarni ozod etishning muzokara yo`llarini yaratish va muntazam takomillashtirishga qaratilgan texnologiya-larningtug’ilayotganida o`zini namoyon etmokda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling