Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
«Shah’id» tushunchasi. Islom ta’limoti bo`yicha shah’idlik oliy Qom sanalib, uni musulmonlarni qirib tashlash niyatida ularga e’lon qilingan kurashda dinni h’imoya qilish, uni saq-
lab qolish yo`lida h’alok bo`lgan kishiga beriladi. Xuddi shu yo`lda h’alok bo`lganlarni oxirat shah’idi deyiladi. Ular yuvilmaydi, o`z kiyimida, kafanlanmay, janozao`qilmay dafn qilinadi. Yuvil-masligining sababi shuki, ularning badanlaridan oqqan qonla-ri qiyomatda mushki anbarga aylanib, xushbo`y h’id taratadi. Ja-noza o`qilmasligi esa, Alloh’ ularning barcha gunoh’larini mag’firat qiladi. Janoza o`qishdan maqsad — ko`pchilik bo`lib uning gunoh’ini Alloxdan so`rashdan iborat. Shuningdek, bir kishi biror falokattufayli h’alok bo`lsa, Payg’ambarimiz h’adislariga binoan uni dunyo shah’idi deb atala-di. Abu Hurayra rivoyatiga ko`ra, «Shah’idlar besh xil bo`ladi-lar: vabodan, ichketar kasalidan o`lganlar shah’iddir, suvga g’arq bo`lgan, imorat yoki devor bosib o`lganlar va Alloh’ yo`lida jon berganlar shah’iddir». Abu Hurayra rivoyat qilgan boshqa bir h’adisda yana shunday deyiladi: Bir kuni Rasululloh’ (s.a.v.) bizlardan «Kimlarni shah’idlar deb h’isoblaysizlar? — deb so`radilar. Biz: «Alloh’ yo`lida o`lganlarni shah’id deb bilamiz», — deb javob berdik. Unday bo`lsa, mening ummatimdan shah’idlar juda kam bo`lar ekan, deb javob berdilar Payg’ambar. Unda yana kimlarni shah’id deb bilaylik, yo Rasululloh’? deb so`radik. U kishi: «Kimki Alloh’ yo`lida o`ldi-rilgan bo`lsa, u shah’iddir. Kimki Alloh’ yo`lida o`lgan bo`lsa, u shah’iddir. Kimki vabodan o`lgan bo`lsa, u shah’iddir. Kimki ichke-tar kasalidan o`lgan bo`lsa, u shaxiddir va suvga cho`kib o`lgan kishi shah’iddir», deb javob berdilar». Hadisda zikr qilingan «Alloh’ yo`lida o`ldirilgan yoki Alloh’ yo`lida o`lgan kishi»gina oxirat shaxddi, qolganlari dunyo shah’i-di h’isoblanadi. Keyingi paytlarda shah’idlik tushunchasi noto`g’ri talqin qilinmoqda. Uzingni portlatsang shah’id bo`lasan, degan fatvo-lar e’lon qilinmokda. Albatta, bu fatvolarni e’lon qiluvchi-lar ongi va bilim saviyasi zaif kishilar qo`li bilan o`zlari-ning g’arazli maqsadlariga etishni ko`zlagan kishilar ekani h’ammaga ma’lum. Qur’oni karimda o`z joniga qasd qilish eng katta gunoh’-lardan ekani ta’kidlangan: «...o`z qo`llaringiz bilan o`zlarin-gizni h’alokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilin-giz. Albatta, Alloh’chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko`radi» («Baqara», 195). Kim bo`lishidan qat’i nazar, begunoh’ kishilarni h’alok etiSh ulkan gunoh’ ekani h’aqida quyidagi oyat xabar beradi: «Biror jonni o`ldirmagan yoki Erda (buzg’unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o`ldirgan odam xuddi h’amma odamlarni o`ldirgan kabidir («Moida», 32). Abu Hurayra rivoyat qilgan h’adisi sharifda esa o`zini o`ldirgan kishiningjazosi yanada ravshanroqyoritilgan: «Kim o`zini bir temir parchasi bilan o`ldirsa, qiyomat kunida jah’annam o`tida temir parchasi qo`lida, abadiy ravishda u bilan o`zini o`ldirib azoblanib yotadi. Kim zah’ar ichib o`zini o`ldirsa, doimiy ravish-da zah’arlanib jah’annam o`tida azoblanadi. Kim o`zini tog’dan tashlab keborsa, doimiy ravishda jah’annam o`tida o`zini tog’dan tashlab o`ldirib azoblanadi». Shunday ekan, islom ta’limotiga binoan, o`zini o`zi o`ldir-gan kishi shah’id emas, balki do`zaxiy bo`lib qolishini, qaysi usulda, nima yordamida o`ldirgan bo`lishidan qat’i nazar, dini-miz uni og’ir jazolar belgilanadigan gunoh’i azim deb h’isobla-shini h’ech qachon yoddan chiqarmaslik zarur. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling