Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet44/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Odamlarni garovga olish bilan bog’liq jinoyatlarning kes-kin o`sishi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yilning 17 dekabrida maxsus konventsiya qabul qilingan edi. Unda, odamlarni garovga olish xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Mazkur konventsiyadan tashqari davlatlarning odam-larni garovga olishga qarshi kurash bo`yicha h’amkorligi qator mintaqaviy bitimlar orqali h’am tartibga solinadi. Xususan, bunday mintaqaviy kelishuv xorijlik diplomatlar vaularning oila a’zolari garovga olinishidan birinchilardan bo`lib jabr ko`rgan Amerika qit’asi davlatlari tomonidan qabul qilindi. Amerika davlatlari tashkilotlari (ADT) Doimiy qo`mitasi to-von olish maqsadida odam o`g’irlashni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi va bunday xatti-h’arakatlarni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida bah’oladi.
Shuningdek, 1971 yilda Vashingtonda ADTning Bosh Assam-bleyasi tomonidan konventsiya qabul qilinganini h’am ta’kidlash zarur. Unda odam o`g’irlash, o`ldirish, tovon talab qilish va xalq-aro muh’ofazada bo`lgan shaxslarga qarshi kuch ishlatishga qarshi qaratilgan qonunchilik me’yorlarini unifikatsiyalash nazardatu-tilgan. Kanday maqsadda sodir etilganidan qat’i nazar, qayd etil-gan jinoyatlar xalqaro axamiyatga ega jinoyat sifatida ko`riladi. Odamlarni garovga olishga qarshi kurash yuzasidan muay-yan kelishuvlarga erishish Evropa Kengashi doirasida h’am muxrkama qilingan edi. 1973 yilda uning Maslaxat Assamb-leyasi o`zining 703-sonli tavsiyanomasida davlatlarga odam-larni garovga olish yoki h’ayotlariga xavf tug’dirishni og’ir jinoyatlar qatoriga kiritishni taklif qildi. Evropa Ken-gashida uzoq davom etgan muh’okamalardan so`ng 1977 yilda Strasburgda «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi Kon-ventsiya imzolandi. Unda boshqa h’odisalar qatorida odamlar- | ni h’ar qanday shaklda garovga olish, o`g’irlash yoki noqonu- « niy ravishda erkini cheklash x.am xalqaro terrorchilik xuruji sifatida ta’riflangan.
Garovga olganlik uchun jinoiy javobgarlik yuqorida qayd etilgan xalqaro terrorizmning oldini olish va unga qarshi ku-rashga qaratilgan xalqaro h’uquqiy h’ujjatlar h’amda Urush pay- < tida ah’olini h’imoya qilish bo`yicha 1949 yilda qabul qilingan < Jeneva Konventsiyasi va 1977 yilda imzolangan, uni to`ldiruv-chi Qo`shimcha protokollarda h’am nazarda tutilgan.
1979 yildagi Konventsiyaning 1-bandiga binoan garovdaush-lash deganda — odamni zo`rlik bilan qo`lga olish, ushlab turish orqali uni noqonuniy ravishda erkinligidan mah’rum etish yo`li bilan uchinchi taraf (davlat, boshqa shaxs yoki tashkilotlar)ni muayyan h’arakatlarni majburan amalga oshirish yoki amalga oshir-maslik evaziga ozodlikka chiqarish tushuniladi.
Garovga olish ob’ekti sifatida nafaqat xalqaro muh’ofazada bo`lgan shaxslar, balki jinoyatchini ozod qilish maqsadida qo`lga olingan jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati vakillari, tovon olish niyatini ko`zlab garovga olingan yirik sanoatchilar va tijoratchilar, ularning oila a’zolari h’am chiqishi mumkin.
Garovga olishdan ko`pincha davlat tomonidan amalga oshirila-yotgan siyosatdan qasd olish vositasi sifatida h’am foydalanila-di. Masalan, 1980 yillarda aqidaparastlar Isroilning Yaqin Sharqtsagi siyosatini qo`llab-quvvatlovchi AQSh va boshqa dav-latlardan qasd olish maqsadida Bayrut va boshqa shah’arlarda bir qator shaxslarni o`g’irlab ketib, ularning ko`pchiligini bir necha yil tutqunlikda saqlab keldilar.
Jinoyatchilar tomonidan garovga olingan kishilar ushlab tu-rilgan h’ududdagi davlat ularning ah’volini engillashtirish, xususan, ozodlikka chiqarish va ozod etilganidan keyin o`z yur-tiga etib olishini ta’minlash bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rishi shart.
Konventsiyaning 5-moddasida universal yurisdiktsiya tamoyi-li mustah’kamlab qo`yilgan. Garovga olish:
a) davlat uning h’ududida yoki uning h’ududida ro`yxatga olin-gan suv transporti bortida sodir etilganda;
b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda;
v) davlatni qandaydir h’arakatlarni amalga oshirish yoki oshirmaslikka majburlaganda;
g) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va gumon qilin-gan jinoyatchi h’am shu h’ududda bo`lganda davlat o`zining yurisdik-Tsiyasini amalga oshiradi.
Siyosiy qarashlari, irqiy, diniy mansubligi uchun ta’qib Qilish va jazolashga urinish alomatlari bo`lganda jinoyatchini Da’vogar davlatga berish man etiladi.
Garovga olish to`g’risidagi xalqaro h’uquqiy me’yorlarning milliy qonunchiligimizda aks etishi O`zbekiston Respublikasi XUDudida bunday jinoyatlarga qarshi kurashga qo`shilgan muh’im Hissa h’isoblanadi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 245-moddasida, biror bir shaxsni garovga olish Shunday ta’riflanadi:
«Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, h’alqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir h’arakat sodir etish yoki biron-bir h’arakat sodir etishdan o`zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar bo`lmasa, besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mah’rum qilish bilan jazolanadi.
O`sha xarakatlar:
a) voyaga etmagan shaxsga nisbatan; b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo`lsa; v) og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo`lsa, o`n yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mah’rum qilish bilan jazolanadi».
Biroq yuqoridagi kabi jinoyatlarni xalqaro ah’amiyatga mo-lik shunga o`xshash jinoyatlardan farqlash kerak. Garovga olish: a) jinoyatchilar va ularning qurbonlari bir yoki turli davlatning fuqarolari bo`lib, jinoyat ushbu davlatlardan tashqarida amalga oshirilganda; b) xalqaro muh’ofazada bo`lgan kishilar garovga olin-ganda; v) jinoyat bir davlatda tayyorlanib, boshqa davlat h’ududida amalga oshirilganda; g) jinoyatchilar boshqa davlatda boshpana top-gan va ularni berish masalasi ko`ndalang bo`lgan paytlarda xal-qaro jinoyat sifatida ko`riladi. Bu shartlar, h’ech istisnosiz xalqaro terrorchilik xurujlarining barchasiga tegishlidir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling