Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Yadroviy materiallarini o`g’irlash bilan bog’liq jinoyat 1


Download 1.03 Mb.
bet46/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Yadroviy materiallarini o`g’irlash bilan bog’liq jinoyat 1980 yil 3 martda qabul qilingan Yadroviy materialni h’imoya qilish h’aqidagi Konventsiyaga binoan xalqaro jinoyat h’isoblanadi. Unda ta’kidlanishicha, yadro texnikasi va yadroviy materiallar ishlab chiqarishning rivojlanishi oqibatida uni davlatlar, xalklar va atrof-muh’itga ziyon keltirish maqsadida o`g’irlash, noqonu-niy yo`l bilan qo`lga kiritish imkoniyati paydo bo`ldi.
Konventsiyada bunday jinoyat ob’ektlari, tarkibiy qismla-ri, ularni sodir etuvchilarini javobgarlikka tortish tartib-lari belgilangan. Davlatlar:

  • h’ar qanday shaxsningo`lymi yoki sog’lig’iga, shaxsiy mulkiga jiddiy zarar etishiga olib kelish mumkin bo`lgan yadroviy materialni ishlab chiqarish, egalik qilish, foydalanish, birovga berish, ko`rinishini o`zgartirish, yo`q qilish yoki parchalash;

  • yadroviy materialni o`g’irlash yoki bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritish;

  • yadroviy materialni aldov yo`li bilan qo`lga kiritish yoki o`zlashtirish, qo`rqitish yoki boshqa shakldagi taxdid orqali uni berishga majbur qilish;

— yadroviy materiallarni yuqorida qayd etilgan maqsad ishlatish bilan taxdid solish, davlat, uning yuridik yoki jismoniy shaxslarini qo`rqitish orqali o`g’irlash kabi qonunbuzarliklarni ruxsatsiz, qasddan sodir etilgan va javobgarliki tortiluvchi xarakatlar deb e’lon qildilar.
uchish yoki qo`nish joyi u qayd (registratsiya) qilingan h’ududdan tashqarida bo`lishi kerak.
Gaaga Konventsiyasining oltinchi va ettinchi moddalariga mu-vofiq h’avo kemasini olib qochgan jinoyatchi paydo bo`lgan h’ar qanday davlat o`z milliy qonunchiligiga tayanib, dastlabki ter-gov ishlarini olib borish uchun uni h’ibsga olishi yoki boshqa eh’tiyot choralarini ko`rishi va o`rganish natijalarini manfaatdor davlatlarga etkazishi mumkin. Agar davlat jinoyatchilarni tutib berishdan bosh tortgan h’ollarda ularga qarshi jinoyat ishi qo`zg’ashi shart.
Qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoiy yurisdiktsiya-larni chegaralashda barcha h’avo kemalari: h’avo yo`li orqali fuqa-rolarni tashish, aviatsiya xizmatlari, ah’oliga tibbiy yordam ko`rsa-tish va boshqa eh’tiyojlarni qondirish maqsadida davlat reestriga kiritilgan — fuqaro h’amda h’arbiy, bojxona va politsiya xizmatlarida foydalaniladigan davlat h’avo kemalari kabi ikki guruh’ga bo`linadi.
Yuqorida qayd etilgan konveniiyalar faqat fuqaro h’avo ke-malariga taalluklidir. Jinoyat davlat h’avo kemasida sodir etilgan h’ollarda milliy yurisdiktsiya (bayroqning mustaqilligi) ta-moyili amal qiladi. Shuning uchun h’am, davlat h’avo kemasini olib qochgan jinoyatchilar h’avo kemasi qayd (registratsiya) qilin-gan davlatgatopshirilishi shart.
1988 yilda Monreal Konventsiyasi xalqaro fuqaro aviatsiya-siga xizmat ko`rsatuvchi aeroportlarda noqonuniy zo`ravonlik-larga qarshi kurash Protokoli bilan to`ldirildi. Bunda Kon-ventsiyaning 1-moddasida «Ataylab va noqonuniy tarzda moslama, narsa yoki qurol ishlatgan h’ar qanday shaxs:
a) aeroportda xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko`rsatayot-gan shaxsning o`limiga yoki og’ir tan jaroh’atiga olib keluvchi zo`ravonlikni sodir etganda;
b) xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko`rsatuvchi aeroport binosi yoki uskunasini buzganda yoki ularga jiddiy zarar kel-tirganda, aeroportda turgan foydalanilmayotgan h’avo kemasiga zarar etkazganda, uning xavfsizligiga xavf tug’dirganda yoki tug’dirishi mumkin bo`lgan darajada aeroport xizmati ishini buz-ganda jinoyat sodir etgan h’isoblanadi», — degan bandlar bilan tO`ldirildi.
Monreal Konventsiyasi ishtirokchisi bo`lgan davlatlarga ji-noyatchi uning h’ududida bo`lsa va uni topshirmoqchi bo`lmasa, unga nisbatan o`z yurisdiktsiyasini qo`llash majburiyati yuklatilgan.
IKAO doirasida fuqaro aviatsiyasini terrorchilik va boshqa noqonuniy xurujlardan h’imoya qilishga qaratilgan yangi uslub-lar ishlab chiqilmoqda. Masalan, davlatlar noqonuniy arala-shishlarga javoban axborotlar almashish tartibi, xavfsizlik ma-salalari bo`yicha shaxsiy tarkibni o`qitish va tayyorlash, erda va h’avo kemasida xavfsizlikni ta’minlash va sh.k. masalalarda ke-lishib oldilar. Ishlab chiqilgan tavsiyalar IKAO tomonidan nashr etilgan «Fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuvdan h’imoya qilish bo`yicha yo`riqnoma»da jamlangan.
Havo transportida qayd etilgan jinoyatlar sodir etilishi-ning oldini olish maqsadida Monreal Konventsiyasi ishtirokchi davlatlarga o`z milliy qonunchiligida bu jinoyatlar uchun jino-iy javobgarlikni belgilashni taklif etadi.
Havo kodeksi h’avo kemasi komandiriga o`z h’arakatlari bilan uchish xavfsizligiga raxna soluvchi shaxslarga nisbatan barcha choralarni, zarur h’ollarda h’atto, qurol ishlatish majburiyatini xam yuklandl.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling