Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari
Download 249.6 Kb.
|
8-9-10-12-13-14-15-16bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ʻ rta asrlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Reyn tasavvuf[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Ma ʼ rifat davri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Pietizm[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Kant[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Psixoanaliz[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari.
Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan. Fetishizm – u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga aylanadi. Animizm (lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli. Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet). Magiya (yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga 2. Harakat - materiyaning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydobo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmet iga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. «Keng» ma’noda umuman har qanday o’zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o’zgarish sifatida tuShunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog’lash to’g’ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. «Umuman o’zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat’iy nazar, ob’ektiv mavjud bo’lgan barcha o’zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi. O’z-o’zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki ob’ektga nisbatan o’z-o’zidan harakat, o’z-o’zidan rivojlanish holati xos deb aytish o’rinli emas. Chunki, ushbu ob’ektni muayyan element sifatida o’z ichiga olgan tabiat o’z-o’zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. O’z-o’zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos bo’lgan omillar ta’sirida o’zgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi kategoriya sifatida amal qiladi. «O’z-o’zidan harakat» tushunchasi butun borliqning substantsional negizi sifatidagi materiya harakat va o’zgarish jarayoni yuz berayotganida o’z faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi. O’z-o’zidan harakat shakli sifatidagi faollik sirtdan olib kirilgan tashqi kuch sifatida tuShunilmasligi kerak. Shu munosabat bilan: «Bu qanday yuz berishi mumkin?», degan savol yaxshi rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul masala hisoblanadi. Shakllanish jarayonini qadimgi mashhur «panta rei» – «hamma narsa oqadi» ta’rifida ifodalagan Geraklit an’anasiga, Shuningdek, nemis faylasufi F.Gegelga xos yetuk metodologiyaga ko’ra, o’z-o’zidan harakatning manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning qarama-qarshi tendentsiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi, ayni vaqtda, inkor etuvchi o’zaro ta’sir sifatida tuShuniladi. 3. XX-XXI asr o’zbek falsafasi XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. CHunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba‘zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri fikr. CHunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati ―jamiyatni ma‘rifat orqali yangilash‖ g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. SHu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. Falsafaning fidoyilari yangi qaror to‘gan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sinovlardan o‘tishlari lozim bo‘ldi. Biroq muayyan darajada sovet mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida namoyon bo‘ldi va olimlar o‘z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifoda eta oldilar. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, ―Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglay olsa, shundan keyingina unda g‘urur-iftixor bo‘ladi. SHundagina, juda murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga murojaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi – avvalombor, salohiyatli odamdan, katta falsafiy bilim va intellektual bilimga ega bo‘lgan kishidan. O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mohiyatini tushuntirishda yurtimiz faylasuf-olimlarining xizmati ham katta. Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. 1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. 1944 yilda Dialektika va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan ―Falsafa‖ kafedrasi negizida 1962 yilda ―Ilmiy kommuniz, 1967 yilda ―Tabiiy va gumanitar fakultetlar falsafa kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 1960 yillarda ―Falsafa kafedrasida 45 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa mutaxassisligi bo‘yicha universitetning o‘zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydobo‘lgan. Professor A.Ayupov, H.Umarov sa‘y harakatlari bilan oliy ta‘lim vazirligida bu masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning tarix fakultetida 1963-1964 o‘quv yilidan boshlab falsafa bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‘quv rejasi asosida Respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni boshlangan. SHu yillarda ilmiy ishlar rivoj to‘ib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar fakultetlar ―Falsafa‖ kafedrasiniboshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar G‘.SHoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadikov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo‘limi, keyin falsafa fakultetining milliy kadrlarni tayyorlash faoliyatida katta rol o‘ynadilar. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning ―Ilmiy bilishda sababiylik tamoyili‖ nomli monografiyasi, professor L.E.Garber, A.T.Ayu‘ov, U.Xaydarov, B.To‘ychiev, V.G.CHernaxlarning ―Ilmiy bilish mantig‘i va metodlari(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. SHu yillar davomida J.Babayevning ―Falsafa asoslari o‘quv qo‘llanmasi, E.YUsupovning tahririda ―Falsafa (1985) darsligi, I Raximovning ―Mantiq fanidan seminar mashg‘ulotlari (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan. Falsafa bo‘limida o‘qitiladigan fanlarning differentsiallashuvi natijasida ―Mantiq, ―Falsafa tarixi va ―Dinshunoslik kafedralari tashkil qilingan. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar. 10-bilet 1. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi. An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi. An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo`lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik G`oyasi ustuvor bo`lsa, endilikda ko`proqinson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavxumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni xal qilish boshlandi. An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo`lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o`rganila boshlandi. Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi o`rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm G`oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — antissiyentizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko`rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoklarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissiyentizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga kuymaslik talabi bilan bog`liqdir. Antissiyentizmning ayrim uta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to`xtatib guyish G`oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, ХХ asr falsafasida bir-biriga muqobil bo`lgan yo`nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, ssiyentizm va antissiyentizm, materializm va idealizm o`z o`rniga ega bo`lmoqda. Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko`pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo`lishi, irodani esa ongsiz kur-kurona intilish tarzida tushunadi. Maxlukotlarning instinktlari, xatti-haraqatlari — irodaning namoyon bo`lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo`lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib to`rgan iroda Qildiragiga bog`liqdir. Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo`lgan irodadir.» Nitsshe inson borliqida maxlo`g`lik va holiklikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil mukaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o`rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash G`oyasi ilgari surilgan. U o`z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaqlashga kodir bo`lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning sunishi va barham topishi to`g`risidagi G`oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpengler «Yevropaning sunishi» degan asarini yozadi. O`tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg`unlikdan chiqishning yo`lini o’arbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda kurdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Хegelga» shiori ostida esa neoxegelchilik paydo bo`ldi. Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo`lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neatomizm shu bugunga qadar ham o`z mavkeini yo`qotmagan bo`lib, katolik cherkovi tomonidan qullab-kuvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi raxbarlik qiladigan Vatikanning faoliyati muxim o`rin tutadi. 2. emis falsafasi---nemischa falsafaning umumlashtirilgan nomi, shuningdek nemis mutafakkirlari falsafasi. Nemis falsafasi oʻzining qarashlari jihatidan nihoyatda xilma-xil boʻlib,Gotfrid Leybnits,Immanuel Kant,Georg Xegel,Kristian Volf, Karl Marks, Artur Shopengauer , Nisxedsdan boshlab asrlar davomida analitik va kontinental falsafiy maktablarda markaziy oʻrinni egallagan. Vittgenshteyn Yurgen Habermas kabi zamonaviy faylasuflarga. Oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Nemis falsafasining kelib chiqishi Oliy oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi,Germaniyada universitetlar paydo boʻlgan(Kyoln va Geydelberg).Germaniyada falsafiy fikrning birinchi shakllaridan biri Buyuk Albert tomonidan taqdim etilgan va realistik yoʻnalishga intilayotgan sxolastika edi. Reyn tasavvuf[tahrir | manbasini tahrirlash]Sxolastikadan tashqari,Germaniyada oʻrta asr falsafasi Meister Ekxart va uning timsolida kuchli mistik yoʻnalishda zarba berdi.koʻp asrlar davomida nemis falsafasining panteistik va intuitiv xususiyatlarini belgilab bergan. qayta tugʻilish[tahrir | manbasini tahrirlash]Martin Lyuterning taʼlimoti va undan keyingi islohot nemis tafakkurining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi(jumladan, uning raqiblari qarashlari).Uning asosiy falsafiy asari „Iroda qulligi haqida“risolasidir. Shaklda teologik boʻlgan holda, risola zamonaviy jamiyatda insonning oʻrni va roli haqida javob berishga harakat qiladi, bu avvalgi sof teologik anʼanalardan uzilish edi. Maʼrifat davri[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu davrning eng mashhuri Berlinlik matematik va faylasuf Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716)boʻlib, u fransuz va lotin tillarida ijod qilgan va tabiiy ilmiy usulda falsafani qoʻllab-quvvatlashga intilgan. Rene Dekart va Benedikt Spinoza bilan birgalikda XVII asrda ratsionalizmning eng kuchli uchta tarafdorlaridan biri edi. U nemis ratsionalizm falsafasining asoschisi deb ham ataladi Leybnitsning asarida zamonaviy mantiq va analitik falsafa ham kutilgan edi. Pietizm[tahrir | manbasini tahrirlash]Kristian Tomasius birinchi boʻlib nemis tilida falsafiy asarlar yozgan va fransuz zamondoshlariga tayangan holda, aslida nemis falsafiy terminologiyasining asoslarini yaratgan. Undan oldin falsafiy asarlar hamisha lotin tilida yozilgan. Tomasius 1687-yilda nemis tilida birinchi universitet maʼruzasini ham oʻqidi. Maʼrifatparvarlik ratsionalizmi o‘sha davrda shakllangan taqvodorlikka zid edi. Kant[tahrir | manbasini tahrirlash]1781-yilda Immanuil Kant „Sof aqlning tanqidi“ ni nashr etdi, u erda transsendental tushunchani ochib beradi, yaʼni tajriba tufayli mumkin boʻladi, shuning uchun uning kitobining asosiy mazmuni epistemologiyadir.Birinchidan, muallif sintetik-analitik va apriori-posteriori hukmlarni ajratib koʻrsatib, hukmlarning oʻziga xos tasnifini muhokama qiladi. Sintetik hukmlar — bu ularning predmeti boʻlgan tushunchada mavjud boʻlmagan yangi bilimlarni oʻz ichiga olgan hukmlar. Analitik mulohazalar faqat sub’ekt tushunchasiga xos boʻlgan, oʻzida mavjud boʻlgan xususiyatlarni ochib beradigan va yangi bilimlarga ega boʻlmagan hukmlardir. Apriori hukmlar ularning haqiqatini eksperimental tekshirishga muhtoj emas, posteriori hukmlar esa empirik tekshirishni talab qiladi. Kant sintetik mulohazalar koʻpincha posteriori, analitik mulohazalar esa apriori ekanligini taʼkidlaydi. Immanuil Kant oʻz kitobi nashr etilgandan beri butun Gʻarb falsafiy maktabining eng katta taʼsiridan biri sifatida tan olingan. Psixoanaliz[tahrir | manbasini tahrirlash]Freyd oʻz taʼlimotining asosiga ongsizlik tahlilini qoʻyib, fenomenologiyaga alternativa yaratdi. frankfurt maktabi[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy vakillari:M.Xorkgeymer,T.Adorno, E.Fromm, G. G. Markuze .Frankfurt maktabi 1930-yillarning boshida Frankfurt-Mayn shahrida mahalliy universitet qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tarkibida tashkil etilgan. Aksariyat olimlarni Marks va Freyd asarlariga hurmat, shuningdek, milliy sotsialistlarning hokimiyat tepasiga koʻtarilishidan chuqur norozilik birlashtirdi. Natsistlarning saylovlarda gʻalaba qozonganidan soʻng,Frankfurt maktabi vakillari AQShga hijrat qilishdi. Horkgeymer va Adornoning „Salbiy dialektika“ va „Maʼrifat dialektikasi“ asarlarida zamonaviy jamiyatda sodir boʻlayotgan texnologik ratsionallikni insoniylikdan mahrum qilish orqali maʼrifatparvarlik ideallarining yemirilishi tasvirlangan. Faylasuflar pozitivizm va ekzistensializm gʻoyalarini, shuningdek, Amerika pragmatizmini tanqid qildilar. 3. XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida keskin burilishlar davri boʻldi. Bu davrda chuqur islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi boʻlib, ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Bir jamiyatning butunlay yod jamiyat taʼsirida qolishi nafaqat hayotda balki kishilarning falsafasida ham inqilob yasadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa mintaqalarda boʻlgani kabi oʻzgacha fikrlovchi, yangicha qarash vakillari shakllanib bordi. XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi oʻta past, madaniy-maʼnaviy hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqdi. “XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib, gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli boʻlgan tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan maʼrifiy taʼlimotlar va nazariyalar mavjud edi” [1:155]. Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati balki boshqa gʻoyaviy taʼlimotlar ham shakllandi. Kishilarning dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgandi. Bu davrda Oʻrta asr musulmon mutafakkirlarining asarlarini qayta nashr etish ishlari boshlandi. Kalom falsafasi, shariat axloqiga oid klassik adabiyotlar arab-fors tilidan turkiy tillarga tarjima qilinib nashr etildi. Masjid va madrasalarda Bedilxonlik, diniy ulamolar tomonidan qadimchilik harakatlari, sherxonliklar avj oldi. Oʻrta Osiyoda maʼrifatparvarlik harakati kishilarning ilm-fan taraqqiyotiga, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy qoloqlikni bartaraf etishga boʻlgan intilishining natijasi edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh gʻoyasi ana shu murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Bu davr haqida shunday deyilgan: “Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini vazifasini oʻtaydi. Bu kungi magʻlubiyat ertangi gʻalabaning amalga oshuvida ozmi-koʻpmi rol oʻynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin [2:4]”. Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga koʻtarilgan. Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Baʼzi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi. 12-bilet Download 249.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling