Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari


Download 249.6 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi249.6 Kb.
#1835166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-9-10-12-13-14-15-16bilet

Nazariy bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo’llaniladi. Bu yerda 
o’rganilayotgan ob’yekt bilan moddiy, amaliy o’zaro ta’sirga kirishish vositalari mavjud emas. 
Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy 
ideal ob’yektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan 
ob’yektlar, mavxum ob’yektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning 
mantiqiy rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir. Birorta ham nazariya 
bunday ob’yektlar yordamisiz yaratilmaydi.
Bilishning empirik va nazariy turlari nafaqat tadqiqot faoliyatining vositalari, balki 
metodlariga ko’ra ham farq qiladi. Empirik darajada asosiy metodlar sifatida amalda eksperiment 
o’tkazish va kuzatishdan foydalaniladi. Bu yerda o’rganilayotgan hodisalarni ob’yektiv 
tavsiflashga qaratilgan empirik tavsiflash metodlari ham muhim o’rin tutadi.
2. Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan subyektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning obyektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir.
Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir.
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. Shuningdek Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan[1]. Naqshbandiy haqiqat bu Allohni anglashdir deb hisoblagan. Haqiqat so‘fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so‘fiylar shariat va haqiqat o‘rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilganlar. Keyingi so‘fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari yo‘lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, diniy aqidalarni rad etish va odam shariat va tariqat bosqichlaridan o‘tib, haqiqatga erishganidan keyingina o‘zining «haqiqiy borlig‘i»ni kasb etishi, haqiqat bilan birikishi va o‘zi ham haqiqatga aylanishi haqidagi ta’limot so‘fizm rivojlanishining keyingi bosqichlari mahsuli sifatida vahdati vujud (borliqning birligi), ya’ni mistik panteizm haqidagi ta’limot asoschilari sanalgan Boyazid Bistomiy, Halloj va boshqalarning asarlarida ilgari surilgan.
Gegelda haqiqatni tushunish uning falsafasi asosiy tamoyili bilan bog‘liq. Bu tamoyilga binoan g‘oya o‘zining to‘liq va muayyan ko‘rinishida «o‘zida va o‘zi uchun borliqqa ega bo‘lgan haqiqat»dir. Gegel fikricha haqiqat o‘zining mavxum ko‘rinishida muayyan mazmunning o‘ziga muvofiqligini anglatadi. Hamonki bu mazmunning to‘liqligiga mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘zidan harakati natijasida erishilar ekan, Gegel o‘zining haqiqatni tayyor holda berilishi va shu holda cho‘ntakka solib qo‘yish mumkin bo‘lgan zarb etilgan tanga sifatida emas, balki sof tafakkur sohasida bilimlarning dialektik shakllanish jarayoni sifatida tushunish lozimligi haqidagi mashhur tezisini ta’riflaydi: «…hamma gap haqiqiy narsani substansiya sifatida emas, balki shuningdek subyekt sifatida», ya’ni tafakkur faoliyati sifatida ham tushunish va ifodalashda[2].

3. Falsafaning strukturasi. 
Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, 
inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni 
bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo 
haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va 
serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim 
bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi 
va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.

Download 249.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling