Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari


Download 249.6 Kb.
bet2/10
Sana02.06.2024
Hajmi249.6 Kb.
#1835166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-9-10-12-13-14-15-16bilet

Eleya maktabi — yunon falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Eleya shahrida (Italiyaning janubi) shakllangan. Asoschisi — Ksenofan; yirik namoyandalari Parmenid, eleyalik Zenon, samoslik Meliss, Gorgiy. Eleya maktabi vakillari sezgi aʼzolarimiz orqali oladigan bilimimiz shubhali, haqiqiy emas, faqat aql orqali oladigan bilimlarimiz haqiqiy deb hisoblagan. Milet maktabi va Geraklittsht materialistik gʻoyalariga qarshi keskin kurash olib borgan. Eleya maktabi falsafa tarixida birinchi boʻlib yagona borliq tushunchasini ilgari surgan. Eleya maktabi vakillari fikricha, yagona borliq uzluksiz, oʻzgarmas, boʻlinmasdir. Keyinchalik yagona oʻzgarmas borliq tushunchasi Platon va neoplatonizm falsafasi manbalaridan biri boʻlib xizmat qildi. Antik falsafaning shakllanishi Eleya maktabi bilan tugallandi.

  • Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
    Makon va vaqt falsafa tarixida. Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
    Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta’limotiga ko‘ra, makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin –u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy. Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substansiyalarga ajratuvchi bu g‘oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substansional konsepsiya – mutlaq makon va vaqt konsepsiyasi falsafa va tabiatshunoslikda etakchilik qildi, biroq, bu o‘z mohiyatiga ko‘ra metafizik konsepsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning aloqadorligini e’tiborga olmas ediMazkur konsepsiyaga ko‘ra, materiyadan tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan vaqt mavjud bo‘lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo esa inson yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‘rtasida bevosita aloqa kuzatilmaydi. Ob’ekt muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning natijasida makon o‘zgarmaydi va yo‘qolmaydi. Vaqt ham shunday tushuniladi, u ob’ektlarga bog‘liq emas. SHuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib qolgan, ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o‘rganishga hali yaqinlashmagan sharoitda keng tarqalgan.
    Ammo dialektik tafakkur sohibi bo‘lgan F.Gegel bunday yondashuvlarni qat’iy inkor etgan. U makon mustaqil bo‘lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday degan: «hamma narsa vaqtda yuzaga kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o‘zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»1 degan e’tirozlarida F.Gegel haq edi. Umuman, Gegel o‘zining ob’ektiv idealizmida makon va vaqtga e’tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.

    Download 249.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling