Diniy katarsis tushunchasi


DINIY VA NODINIY ALOQALARNI ETNOPSIXOLOGIYA VA SOTSIAL PSIXOLOGIYADA O'RGANILISHI


Download 20.44 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi20.44 Kb.
#1344535
1   2   3
Bog'liq
Diniy katarsis tushunchasi

DINIY VA NODINIY ALOQALARNI ETNOPSIXOLOGIYA VA SOTSIAL PSIXOLOGIYADA O'RGANILISHI
Hozirgi davrda umumiy psixologiya fani bilan bir qator bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, muxandislik psixologiyasi, patapsixologiya, sotsial psixologiya kabilar vujudga kelib, ular ravishda muvaffakiyatli rivojlanib, bormoqda. Psixologik bilimlarning ana shu sohalariga psixik hodisalarning moddiy subtratini o’rganuvchi oliy nerv faoliyati fiziologiyasi ham qo’shilgan.yuqorida ko’rsatilgan fanlar o’z oldiga inson psixikasini tadqiq etishi umumiy vazifa qilib qo’ysa-da, lekin ayni vaqtda o’z predmetinuqtai nazaridan hamda yondashish hususiyatlariga ko’ra, ular bir biridan farqlanadi.

Xuddi shu boislan ham eng avvalo, din psixologiyasi yuqorida ta’qidlab o’tilgan fanlar tizimida qanday o’rin tutishini psixologik bilimning qaysi sohasi predmet va metodologiyasi nuqtai nazaridan unga yaqin ekanligini aniqlash lozim.


Din psixologiyasining predmetini dindor odamlarning dinga loqayd shaxslardan ajratib turadigan va ularning xulq atvorida namoyon bo’ladigan xususiyatlarini o’rganish, deb ta’riflash mumkin.
Ana shu ta’rifni keyingi bayon etiladigan Urginovich mulohazalari uchun boshlang’ich nuqta sifatida qabul qilinadi. Ayni shu zahoti quyidagi shaklda savol tug’iladi: psixologik tadqiqotning qanday darajasida, qaysi fan yordamida dindorlar psixologiyasining muhim hususiyatlarini ajratish mumkin? Ularni fiziologik darajasini ochishga bir necha marta xarakat qilinadi. XIX asr mobaynida va XX asrning boshlarida ayrim xorij psixologlari alohida “diniy instikt” mavjudligi to’g’risida asarlar yozdilar. Jumladan: amerikalik psixolog J.Lo’n (1861-1951) insonga zurriyod qoldirish instiktga qanchalar xos bo’lsa, diniy instikt ham xuddi shunday xoslikka ega, deb hisoblaydi. “Instinktiv” kontseptsiya hozirgi zamonda keng ko’lamda yoyilmagan, chunki ko’pgina olimlar unday qarash asossiz ekanligiga iqror bo’ldilar.
Biroq to hozirgacha diniy ruhiyat hodisasini naturalistik nuqtai nazardan izohlashga urinish, ya’ni dindorlik ildizlarini fiziologik jarayonlardan izlash xorijdagi psixologik va dinshunoslik adabiyotlarda hamon mavjud. Xususan, amerikalik dinshunos R.V.Berxon diniy simvol (ramz)lar alohida genetik, ‘ni biokimyoviy asosga ega, ular miyaning murakkab strukturasida joylashganv a ongsizlik sohasida namoyon bo’ladi, deb bayon qiladi.
Holbuki shunday ekan, buning uchun ikkita muammoni bir biridan aniqlash;

Diniy e’tiqod va kechinmalarning, ya’ni diniy ong har qanday xodisalarning fiziologik asoslari mavjudligi masalasini,

Dindorlarga xos, mutanosib bo’lgan fiziologik strukturalar, markazlar yoki jarayonlar, ya’ni diniy ruhiyatning genetik, fiziologik markazlari ham mavjudmi, degan muammoni bir biridan farqlash zarur.

Hozirgi davrda insoniyatga xech qanday g’oya, tasavvur, e’tiqod kabilar genetik yo’l bilan meros qilib olinmasligi, binobarin, xech qanda “tug’ma instinkt”, “diniy his” vahokazolar yo’qligi nafaqat nazariy, balki eksperimental tarzda isbotlangan.


Kishilarning dunyoqarashi yoki dinga nisbatan munosabatdan, ularning borliq to’g’risidagi tasavvurlari chin yoki yolg’on ekanligidan qat’iy nazar, bosh miya qobig’idagi fiziologik tuzilma va jarayonlarga amal qilishning qonuniyatlari hamma odamlar uchun bir hilda umumiydir.
SHaxsning psixik tadqiqotlar tahlilining ko’rsatishicha, chap yarim shar, asosan inson psixikasining og’zaki mantiqiy sohasini, o’ng yarim shar esa makoniy-obrazli sohasini boshqaradi; bu qovulik esa yuqorida bayon etilgan qoidalarni inkor etmaydi.
Ugrinovichning tavsifiga, birinchidan, har bir sog’lom kishida, ayni bir vaqtda, har ikkala yarim sharlar ishlaydi va mustaqil ravishda og’zaki-fazoviy va makoniy obrazli sohalarning bir biringa dialektik o’zaro ta’siri ro’y beradi. Ikkinchidan, dinik e’tiqod o’z ichiga faqatgina obraz va aqidalarni ham qamrab oladi. Zero, diniy ruhiyatni faqatgina ko’rgazmali-obrazlar bilan bog’lash hato bo’lar edi.
Bu albatta, psixikaning ayrim individual va guruhiy amal qilish hususiyatlarini istesno etmaydi, bunday holatlarda u yoki bu bosh miya katta yarim sharlari yetakchilik qilishi va shunga muvofiq shaxs psixik olamning bezashi mumkin. SHunga qaramasdan, dindor odamlar o’rtasida ham turlicha toifalar (tipla) mavjud. Mulohazali-ortodoksal (mutassib) dindorlik bilan ir qatorda, emotsional obrazli, estetik, mistik xususiyatga ega bo’lgan dindorlik ham uchrab turadi.
SHunday qilib, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi darajasidagi dindorlarni dinga e’tiqodi zaif shaxslardan farqlovchi psixologik xususiyatlarini topish murakkab holatdir. Lekin din psixologiyasi oliy nerv faoliyati fiziologiyasini chetlab o’tishi, diniy ruhiyatning juda ko’p hodisalarini izohlashda uning yutuqlaridan foydalana olmaslik hodisasi mavjud, degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi yutuqlarini o’zlashtirish psixolog-dinshunosga dindorlar ruhiyatining ko’pgina hususiyatlarini, ularning dindan voz kechishi bilan bog’liq bo’lgan muammo va qiyinchiliklarini tushunishga yordam berishi mumkin. SHu munosabat bilan Ugrinovich quyidagi ikkita misolni keltiradi. Mashxur fiziolog A.A.Uxtomskiy (1875-1942) dominant to’g’risidagi ta’limotni yaratadi. Bu ta’limot nima uchun bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alishning dominant o’chog’i qo’zg’olishining boshqa o’choqlari tomonidan to’xtatilmaydi, balki, aksincha, mustaxkamlanishini izoxlashga imkon berdi.
Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling