62
munosabatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu maq-
sadlar ko‘zda tutilgan.
Toshkent konferensiyasining yigirmadan ortiq davlat
hamda Yevropa Ittifoqi va BMT imzolagan 24
banddan
iborat deklaratsiyasiga: mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik
Afg‘oniston va butun mintaqada tinchlik va farovonlikni
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etish;
Afg‘oniston hukumati va «Tolibon»ni siyosiy muzoka-
ralarga kirishish
ga, barcha mamlakatlarni Afg‘onis-
tonning ichki ishlariga
aralashmaslikka chaqirish;
BMTning Global aksilterrorchilik strategiyasi va BMT
Xavfsizlik Kengashi rezolutsiyalariga muvofiq terro-
rizmga bar ham berish bo‘yicha mintaqaviy va
xalqaro
hamkorlikning muhimligini qayd etish kabi dolzarb ma-
salalar kiritildi.
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 2017-yil 13-noyabrdagi «O‘zbekis-
ton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini
o‘qitish ta’lim
markazi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida»gi 911-sonli qarori qabul
qilindi. Qarorga ko‘ra Surxondaryo viloya-
tining Termiz tumanida Afg‘oniston fuqaro-
larini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi.
Markazda Afg‘oniston
tomoni buyurtmano-
malariga muvofiq gumanitar, pedagogika va
muhandis-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yi-
cha kadrlar tayyorlanadi.
Surxondaryo viloyatining
Termiz tumanidagi
Afg‘oniston fuqarolarini
o‘qitish ta’lim markazi
Har bir ishda
ham g‘ofillik
qilma, hushyor
bo‘l, g‘ofil-
larning
ishlari
hech qachon
ko‘ngildagidek
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: