Dinshunoslik fanining predmeti, baxsi va vazifalari. Reja


Shomonlik yoxud sehrgarlik


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana12.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1191463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7.ДИНШУНОСЛИК ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.Ўзбекистонда Виждон эркинлиги (1)

3. Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so‘zining tungus tilidagi ma’nosi 
«sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir 
etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va 
animizm bilan bir vaqtda paydo bo‘lib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota-bobolarining 
ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o‘tmishda paydo 
bo‘lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda 
afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. 
Ular orasida ayniqsa uzoq o‘tmishda ayollar ko‘p o‘rinni egallaganlar. Bu shamanlar va 
afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda 
bo‘lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish 
qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum ritual 
harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan 
nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida o‘zlarini jazavaga solib, o‘zini yo‘qotish, 
jazavaning yuqori nuqtasiga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham 
ba’zan o‘zini yo‘qotish darajasiga yetib marosimlar ishtirokchilari bo‘lib qolishar edi. 
Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hyech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar 
edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi 
deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo‘lgan 
afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga 


11 
oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog‘lanish yo‘li hayotda noma’lum, 
oldindan bilib bo‘lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga 
afsungarlik odamlarning fikr yuritish, ongini mustahkamlashda katta rol o‘ynadi. Bu esa 
diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish 
rivojlangan sari odamga o‘z-o‘zidan bo‘ladigan, faqatgina maqsadli yo‘nalishdagi 
harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog‘liq bo‘lgan 
sharoitlardan kelib chiqadigan ko‘rinish deb hisoblangan. Natijada ko‘pchilik aniq 
hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi. 
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi 
mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1) Zarar 
keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar yetkazishdan iborat; 
2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni 
sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki «sovuq» qilish maqsadida 
ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-
havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg‘ir chaqirish yoki shunga o‘xshash ob-
havoni o‘zgartirish maqsadida foydalanilgan. 
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida 
saqlanib qolgan. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling