Dinshunoslik fanining predmeti, baxsi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
7.ДИНШУНОСЛИК ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.Ўзбекистонда Виждон эркинлиги (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Animizm
soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo‘lishiga qaramasdan,
hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi). 2. Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma’nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o‘tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo‘lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq yetarli tushunib yetilgan va barqaror ko‘rinishdagi diniy 10 xarakterga ega bo‘lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan. Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va yer, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki yer yuzining ayrim alohida qismlari - tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Hattoki ko‘p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo‘lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi. Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling