Dinshunoslik fanining predmeti, baxsi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana12.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1191463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
7.ДИНШУНОСЛИК ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.Ўзбекистонда Виждон эркинлиги (1)

6. Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, 
ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda aks 
etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab 
bo‘lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, 
ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Buni 
tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida totemlarga, 
marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo‘lsa, 
mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo‘jizalar 
kuchiga ega bo‘lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. «Madaniy 
qahramon»larning ismlari afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki 
yangilikda mujassam bo‘lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklni 
o‘rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni 
tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o‘rin egallagan. 
Ya’ni yer va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va hayvonot va nihoyat odamning 
yaratilishi to‘g‘risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol 
namoyon bo‘lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o‘z 
qiyofasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o‘zida odam va hayvon 
shaklidagi monstr deb hisoblashardi. 
Ibtidoiy mifologiyada hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar 
orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-
qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini 
qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy 
jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga 
imkon yaratadi. 
7. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyusiyasi odamlarning 
turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o‘zgartirdi. Odam 
o‘simliklarni o‘stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o‘rgandi. Va bu 
odamni o‘troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan 


13 
hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o‘rgandi. Bu nafaqat go‘sht, balki 
sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi 
muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash 
uchun mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga 
o‘rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan, tosh 
buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom 
berdi (Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri). 
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va 
ko‘pchilik guruhlar bilan o‘rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan 
himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o‘rnashar edi. 
Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug‘ilish va bolalarni tirik qolishi va o‘sishiga imkon 
berar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi yerlarni o‘zlashtirishga, hayot tarzini 
o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, 
hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer fasllarining sikllarini bilish - bularning 
hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga 
yangi qiziqishini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu degani qudratli ruhlarga 
bog‘liqlik sezilarli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga 
atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keskin o‘zgardi. 
Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig‘inish obyekti asta-sekin o‘ta qudratli 
xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda 
kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar 
- kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o‘zgardi, 
dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, hayvonlarni qadrlay 
boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib 
qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig‘inilgan xudoda aks 
etishiga olib keldi. Aksar xudolarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo 
boshi, yo tanasi shaklida bo‘lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib 
o‘tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan. 
Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar 
yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. 
Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi 
foydalanildi. 
Fetishizmning 
rivojlanishida 
bu 
haykal 
va 
qurilmalar 
ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi. 
Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va omadli ov 
bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga yetishishning ibtidoiy usullari 
o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy 
marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi 


14 
afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan 
biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo‘lgan, hamda unga asoslangan afsun 
prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga 
oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari nealit davridan ilgari ham 
amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. Neolit davridagi 
dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda 
qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan 
ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda 
ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. 
Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va prinsiplari bilan 
fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga munsub bo‘lgan ibtidoiy afsun 
marosimlaridan farqli o‘laroq, folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. 
Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart 
edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob 
berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan 
to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo‘shilishigacha bo‘lar edi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling