Dinshunoslik fanining predmeti, baxsi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana12.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1191463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7.ДИНШУНОСЛИК ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.Ўзбекистонда Виждон эркинлиги (1)

4. Fetishizm (fetish so‘zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi 
so‘zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Unga 
ko‘ra alohida buyumlar kishining o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqyea-
hodisalarning o‘zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish 
kuchiga ega. 
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo 
bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar 
g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar. 
Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik 
usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko‘rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning 
dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm 
yakunlovchi bosqich bo‘lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan animizm, turli totemlar hamda o‘lib ketgan avlodlar shaxsiga bog‘liq 
totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va 
illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Natijada ularning ongida 
afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamladi. Va nihoyat fetishlarning paydo 
bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo‘shliqda ko‘chib 
yurish xususiyatiga ega bo‘lib qolmasdan, balki voqyeiy dunyodagi buyumlarda 
ham bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, urug‘chilik jamiyatining tashkil topish 
jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko‘rinishlarning keng, aniq, 


12 
tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar 
odam hayotining bo‘linmas, hattoki asosiy qismi bo‘lib qoldi. Jamiyat va tabiat 
qonunlarini, albatta, o‘sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi 
yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan 
bo‘lishni istasa, birinchi vazifasi u o‘sha g‘ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat 
qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib 
bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. 
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida 
saqlanib qolgan. Masalan, barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, 
ko‘zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling