Diplomsiz ziyoli


KO‘NGLI YARIM, IMONI BUTUN


Download 0.51 Mb.
bet43/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

KO‘NGLI YARIM, IMONI BUTUN
Boymahmatov Kamol
(1971-2013)
Bu dunyoda hech kim nom-nishonsiz o’tmasin ekan. Biroq Alloh inoyati ila nogiron bo’lib tug’ilgan insonlar ham xudoning sevgan bandalaridir. Hamqishlog’imiz Kamol ham shunday ko’ngli yarim, ammo imoni butun insonlardan edi. Uning onasi Anorbibi bu farzandini o’ttiz besh yil birovdan kam qilmasdan parvarish qildi, unga bor mehrini berdi. Undan uzoqlashmadi. Barcha Darband eli bu ayolning sadoqati, mehriga qoyil qolib tahsinlar aytishdi.
O‘G‘ILNING SADOQATI
Aminov Xusniddin
(1973- 2021)
Termiz shahrida tug’ilgan bu hamqishlog’imiz uzoq muddat turli sohalarda ishlab keldi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qildi. Barcha og’a-inilarga mehribon, maslahatgo’y, oilaparvar, onasiga mehribon bo’lgan hamqishlog’imiz farzandiga yaxshi niyatlar bilan otasining, marhum savdo xodimi Yusuf Aminovning nomini berdi. Xusniddin 2021 yilda vafot etdi. U rafiqasi Poyonova Iroda bilan o’g’li Yusufni kamolga yetkazdi.

AVVAL IQTISOD…”


Gulxorov Sobir
(1972-2012)
Sobir Qumqo’rg’onda tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil oldi. Universitetni muvaffaqqiyatli bitirib Qumqo’rg’on tuman davlat tashkilotlarida iqtisodchi vazifasida ishladi. Har bir topshiriqni o’z vaqtida ado etishga harakat qildi. Ish jarayonida ichki tartib -intizomga rioya qilib, o’zining bilmini oshirib, har bir ishda diqqat bilan yondashardi. U Gulxorova Rohilaga uylanib, farzandlari: Shamshir, Parvez, Mirzohidlarni voyaga yetkazdi. Ammo dilbandlar kamolini ko’rish unga nasib etmadi.

PAZANDALAR OILASI
Abdunazarov Ja’far
(1972-2010)
Darband qishlog’ida tug’ilgan bu hamqishlog’imiz o’rta maktabni tahsilidann so’ng Darband qishlog’ida mashhur oshpaz sifatida tanildi. Uning tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Sharq” mehmonxonasi qoshida osh markazini tashkil etilib, aholini sifatli taom bilan ta’minlashda salmoqli hissa qo’shdi. Xalqimizning to’yu-ma’rakasida beminnat xizmat qildi. Ja’far o’ta mehmondo’st, hunarmand, har doim har bir ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qiladigan yigit edi. “Aytmagan joyga borma, aytilgan joydan qolma”, qabilida ish tutib, har bir mijozning dilini xushnud etishga erishgan edi. U Asqarovqa Muhabbatga uylanib, Javohir, Jasur, Marjonalarni barkamol qilib voyaga yet. Bir narsa aniq: oila bekasi uyda bo’lmagan vaqtlarda ham bolalar ovqat masalasida qiynalishmagan. Chunki bu oilaning ayoli ham erkagi ham pazanda edi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling