Diqqat va uning xususiyatlari reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari


Download 23.94 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.94 Kb.
#1051750
1   2   3   4   5
Bog'liq
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI

5. DIQQATNING RIVOJLANISHI
Talim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulgayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning tasiri ostida osib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan korina boshlaydi. Bunda bola diqqatining toplanishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda oziga jalb qiladigan qozgatuvchilarning taassurotini engishga togri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bolishga va jamiyatda yashash koidalariga orgatadilar. Bolarning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning oz tashabbusi bilan ham osa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez osa boshlaydi. Oqish jarayonining ozi ixtiyoriy diqqatning hamda uning toplanishi va barqarorligining osishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulgaygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi osib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bolinishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni korishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qoliga ushlatib qoyib, ikkinchi qoliga boshqa narsa bersak, u birinchi qolidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati oz qolida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bolinuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning oyin faoliyatlarida, oqish va amaliy mehnat jarayonida osib boradi.
Bolalarning yoshlari ulgaygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi osa boradi. Bu xususiyatlari oyin, mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi.
Bolalarning yoshlari ulgaygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi osa boradi. Bu xususiyatlari oyin, mehnat va oqish jarayonlarida osadi.

Oqish jarayoni uchun diqqatning malum darajada kuchli va barqaror bolishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining osishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining osishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos boladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qozgatuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, tasirli boladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, obektning tashqi tomonlariga koproq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga koproq qarashi, uni ogziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.

Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bola boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida oyin katta ahamiyatga egadir. Agar bogcha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bolmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bolmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda oquv jarayoni muhim ahamiyatga ega, yani darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, oqituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz boladi. Maktab yoshidagi bolalar oz diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi oyin davomida faqat epizodik tarzda sodir boladi. Oquv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.

Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining osib borishidir. quyi sinf oquvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun oqituvchi oquvchilar diqqatini tarbiyalashda oquv materialining mumkin qadar qiziqarli korgazmalar, xilma - xil bolishiga harakat qilishi kerak, oquvchilarni faollashtirishga intilishi, mashgulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan oylab korishi lozim. Oquv faoliyatini togri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, osmirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. Osmirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, kop narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan joshqin gayrat, istak uygonadi. Bu bir tomondan, diqqatning toplanishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalgish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali osmir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yonaltirish va unda tutib turish imkonini beradi.


Oqituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati orta yoshdagi oquvchilarning diqqatini togri tarbiyalashni taminlaydi. Bunday sharoitda osmirning ozi ham ozida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bogliq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan talimga oliy masuliyatli bolish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor songgi ixtiyoriy diqqatning, yani irodaviy diqqatning paydo bolishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.

Kop yillik oqish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo boladi, uning natijasi yuqori sinf oquvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bolgan ish ustida oz diqqatini nisbatan engil toplay oladigan boladi.



Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan organish qobiliyatiga ega boladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto osmir ham korgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj boladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda oqitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi.
Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling